Toşkentda köp qavatli uydan qulagan 9 yoşli bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida köp qavatli uydan qulab tuşgan 9 yoşli bolaning ahvoli yaxşilanmoqda. U hozirda şifokorlar nazoratida bölib, ahvoli örta oğir deb baholanmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Hodisa 22-noyabr kuni sodir bölgan. Bola ertalab soat 5:45 – 6:00 oraliğida tez yordam maşinasida Toşkent şahar 2-son bolalar jarrohlik klinik şifoxonasiga oğir ahvolda olib kelingan.
Şifokorlar bolaning ahvoli jiddiy bölgani sababli uni reanimatsiya bölimiga joylaştirgan. Tibbiy tekşiruvlar natijasida bolada boş miya çayqalişi, ikkala öpka va buyrakning lat yeyişi, çap yelka suyagi hamda öng son suyagining siljib sinişi aniqlangan.
Bolaning hozirgi ahvoli qanday
Şifokorlarning ma’lum qilişiça, hozirda bolaning ahvoli barqaror, örta oğirlik darajasida. Uning salomatligi kundan-kunga yaxşilanib bormoqda. Bemor uçun belgilangan barça davolaş muolajalari reja asosida davom ettirilmoqda.
Şifoxona mutaxassislariga köra, muassasada neyroxirurgiya va travmatologiya bölimlari mavjud bölib, oğir jarohat olgan bolalarga şoşilinç tibbiy yordam körsatiş uçun zarur uskunalar bilan jihozlangan. Hozirda bola şifokorlar nazorati ostida davolanişni davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan integratsiya markazlari nima uçun kerakligi, ular qanday işlaşi va bolalar u yerda qanday kömak olişi haqida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus tumani 1-kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazi menejeri Nazira Turdimuratova bilan suhbatlaşgandi.