Bitta yurişga 36 daqiqa: Sindarov va Gukeşning ilk bahsi tahlili

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi bahsining ilk partiyasi durang bilan yakunlandi. Hindistonlik şaxmatçi vaqt tanqisligiga duç kelgan bölsa-da, Sindarovning bosimiga bardoş berdi. The Guardian öyinni tahlil qildi.
24-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahridagi Martin Bodmer jamğarmasida ötkazilgan partiya 38 yuriş davom etdi. Şaxmatçilar 3 soat-u 40 daqiqalik bahsdan söng durangga kelişdi.
Gukeş bir yurişga 36 daqiqadan köp vaqt sarfladi
Birinçi partiyada Sindarov oq, Gukeş esa qora donalarda harakat qildi. Hindistonlik grossmeyster ispan partiyasining Berlin himoyasini tanladi. Bu variantdan Vladimir Kramnik 2000-yilda Garri Kasparovga qarşi jahon çempionligi bahsida muvaffaqiyatli foydalangan edi.
Şaxmatçilar sakkizinçi yurişdayoq farzinlarni almaştirdi. 13-yurişda esa Sindarov otini e4 katagiga ötkazib, bahsni nisbatan kam örganilgan davomga burdi.
Gukeş 13 va 17-yurişlari uçun jami qariyb bir soat sarfladi. Uning 17-yurişdagi fili bilan hujumi Sindarovning ruhlaridan biriga tahdid tuğdirdi.
18-yurişga kelib Sindarov vaqt böyiça 52 daqiqadan ortiq ustunlikka ega edi. Biroq taxtadagi vaziyat deyarli tengligicha qoldi.
20-yurişdan söng Gukeşning navbatdagi 20 yurişni amalga oşirişi uçun atigi 16 daqiqasi qoldi. Sindarovning ixtiyorida esa qariyb bir soat vaqt bor edi.
Bahs reglamentiga köra, şaxmatçilar 40-yurişdan keyingina qöşimça 30 daqiqa olişlari mumkin edi.
Sindarov raqibining vaqt tanqisligidan foydalanişga urindi
Öyin davomida Gukeş bitta piyodani yutib oldi. 27-yurişda esa şohini f6 katagiga ötkazdi. Bu vaqtda uning soatida töqqiz daqiqadan kam vaqt qolgan edi.
Sindarov keyinçalik raqibining bu yurişini oldindan körganini, biroq şohning mazkur katakda qançalik xavfsiz bölişini yetarli baholamaganini aytdi.
Özbekistonlik şaxmatçi raqibi vaqt tanqisligida qolganidan foydalanib, pozitsiyani murakkab saqlaşga harakat qildi. Jumladan, ruhlarni almaştiriş imkoniyatidan voz keçdi.
«Albatta, raqibimning vaqti kamligi sababli har bir vaziyatda bosim ötkazişga harakat qildim. Umuman olganda, pozitsiyam deyarli tengligini tuşunardim. Qiziqarli ğoyalarni izlaşda davom etdim, biroq u juda yaxşi himoyalandi», – dedi Sindarov.
Nega partiya durang bilan yakunlandi
Partiyaning keyingi qismida Sindarov yutqazgan piyodasini qaytarib oldi. Şundan söng uning ruhi va Gukeşning şohi ikki katak örtasida qayta-qayta harakatlana boşladi.
Sindarov pozitsiya uç marta takrorlanganini hisoblab, hakamga durang talabi bilan murojaat qildi. Biroq tekşiruv davomida vaziyat hali ikki marta takrorlangani aniqlandi.
Keyinçalik pozitsiya uçinçi marta takrorlangani sababli partiya 38-yurişda durang bilan yakunlandi.
Gukeşning aytişiça, öyinning boşida köp vaqt sarflagani keyingi yurişlarda tezroq qaror qabul qilişiga yordam bergan.
«Vaqt tanqisligiga tuşganimda keyingi bir neçta yuriş haqida allaqaçon öylab qöygan edim. Şundan keyingi yurişlar esa ança oson böldi», – dedi u.
Sindarov reytingda Gukeşdan 22 poğona yuqori
Jahon çempionligi bahsining ikki iştirokçisi ham 20 yoşda. Bu klassik şaxmat böyiça jahon çempionligi tarixidagi eng yoş grossmeysterlar örtasidagi bahs hisoblanadi.
Gukeş 2024-yil dekabrida çinlik Din Lijenni yengib, 18 yoşida jahon çempioniga aylangan edi. Biroq keyingi ikki yil davomida uning natijalari pasaydi. Hindistonlik şaxmatçi jahon reytingida uçinçi örindan 26-öringa tuşdi.
Sindarov esa aksinça, bir yil içida 25-örindan törtinçi öringa kötarildi. U 2025-yil noyabrida Hindistonning Goa şahrida ötkazilgan Jahon kubogida ğolib çiqdi. 2026-yilda Kiprda ötkazilgan Nomzodlar turnirida esa mağlubiyatsiz iştirok etib, jahon çempionligi bahsiga yöllanma oldi.
Şu tariqa jahon reytingida ikki şaxmatçi örtasida 22 poğonalik farq mavjud. Bu 2006-yildan buyon ötkazilgan jahon çempionligi bahslaridagi eng katta tafovut.
Sindarov va Gukeş bungaça klassik şaxmatda uç marta uçraşgan. Ulardan ikkitasida özbekistonlik grossmeyster ğalaba qozongan, bir partiya esa durang bilan yakunlangan.
Ikkinçi partiya 25-noyabrda ötkaziladi
Ilk partiyadan söng umumiy hisob 0,5:0,5 körinişida. 25-noyabr kuni ötkaziladigan ikkinçi partiyada Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda öynaydi.
Bahs jami 14 ta klassik partiyadan iborat. Birinçi bölib 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioni böladi.
Agar 14 partiyadan söng hisob teng bölsa, ğolib rapid va zarur bölgan taqdirda blits bahslari orqali aniqlanadi.
Jahon çempionligi bahsining umumiy sovrin jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gukeş ilk bahs haqida fikr bildirgandi. Gukeş Dommaraju Sindarov bilan durang yakunlangan uçraşuvni yuqori baholadi.