
Toşkentda ijara tölovlarini öz vaqtida amalga oşirmagan fuqaroning Damas avtomobili xatlandi va «E-auksion» orqali sotuvga çiqarildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Toşkent şahri boşqarmasi ma’lum qildi.
Qarzdordan 39 mln söm undiriş belgilangan
Mirobod tumanlararo fuqarolik sudining 2026-yil 13-sentabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor N.S.dan davlat taşkiloti foydasiga 39 mln 78,8 ming söm undiriş belgilangan.
Örganiş davomida fuqaro ijara şartnomasi asosida foydalanib kelgan bino uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirmagani sabab qarzdorlik yuzaga kelgani aniqlangan. Qarzdorga majburiyatni ixtiyoriy ravişda bajariş uçun muddat berilgan, biroq qarz tölanmagan.
Şundan söng unga tegişli Damas avtomobili xatlanib, jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Hozir avtomobil mavjud qarzdorlikni qoplaş maqsadida «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali sotuvga çiqarilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkentda qarzdor korxonaga tegişli 1,55 mlrd sömlik BMW X6 avtomobili xatlangani haqida xabar bergan edi.