Özbekiston sayohat uçun eng xavfsiz 30 mamlakat qatoriga kirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Singapur yetakçi böldi
Özbekiston sayohat uçun eng xavfsiz 30 mamlakat qatoriga kirdi
Foto: depositphotos

Özbekiston 2027-yilda sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 27-örinni egalladi. CEOWORLD Magazine tuzgan Travel Safety Rankinğda mamlakat 81,03 ball töplab, xavfsizlik darajasi «juda yuqori» deb baholandi.

Özbekiston Markaziy Osiyoda eng yuqori natijani qayd etdi

Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori örinni Özbekiston egalladi. Qozoğiston 76,87 ball bilan 44-örin, Turkmaniston 72,45 ball bilan 57-örin, Qirğiziston 70,30 ball bilan 65-örin, Tojikiston esa 68,11 ball bilan 73-örindan joy oldi.

Özbekiston «juda yuqori xavfsizlik» toifasiga kirgan 34 mamlakatdan biri böldi. Uşbu toifaga kiriş uçun mamlakat kamida 80 ball töplaşi kerak.

Reyting qanday tuzilgan

Foto: Ekran tasviri

CEOWORLD Magazine baholaşda törtta asosiy körsatkiçdan foydalangan.

Eng katta uluş – 35 foiz – AQŞ Davlat departamenti va Kanada hukumati tomonidan e’lon qilinadigan sayohat böyiça tavsiyalarga berilgan.

Global Peace Index 2026 körsatkiçi reytingning 30 foizini, Numbeöning 2026-yil örtalaridagi Safety Index’i 20 foizini, BMTning Giyohvandlik va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi ma’lumotlaridagi qasddan odam öldiriş körsatkiçi esa 15 foizini taşkil qilgan.

Şu bois reyting nafaqat jinoyatçilik darajasini, balki mamlakatdagi tinçlik, içki barqarorlik va sayyohlar uçun rasmiy xavfsizlik tavsiyalarini ham hisobga oladi.

Singapur yetakçi böldi

2027-yilgi reytingda birinçi örinni Singapur egalladi – 89,72 ball. Ikkinçi örinda Yaponiya – 88,91 ball, uçinçi örinda esa Islandiya – 88,73 ball qayd etildi.

Keyingi örinlarni Sloveniya va Şveysariya egalladi. Özbekiston esa Malayziya, Avstraliya va Latviya kabi davlatlardan yuqoriroq örinda joylaşdi.

Eng past körsatkiç Gaitida

Reytingning sönggi, 198-örnini Gaiti egalladi. Uning xavfsizlik körsatkiçi 12,98 ballni taşkil etdi.

Undan oldingi örinlarda Afğoniston, Janubiy Sudan, Yaman va Rossiya joylaşgan. CEOWORLD Magazine qayd etişiça, sayohat xavfsizligi böyiça vaziyat tez özgarişi mumkin. Şu sabab safar oldidan davlatlarning rasmiy sayohat tavsiyalarini qayta tekşiriş tavsiya etiladi.

Avvalroq «Kursiv» Özbekistonda turizm eksportini 10 mlrd dollarga yetkaziş rejalaştirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek