Qozoğistonlik ekspert Keldiyorova uchun Abe bilan bahsni «jiddiy sinov» deb atadi

25-noyabr 2026 13:55 eʼlon qilindi

Dilobar Yöldoşeva

Dilobar Yöldoşeva

Muxbir
Foto: IJF

Qozoğistonlik ekspert Yerdos Hamzin Diyora Keldiyorovaning yaponiyalik Uta Abega qarşi ehtimoliy bellashuvini «jiddiy sinov» deb baholadi. Har ikki dzyudoçi joriy yil 5–6-dekabr kunlari Tokioda ötkaziladigan «Katta dubulğa» turnirida 52 kilogrammgaça vazn toifasida qatnaşadi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Abe 2026-yilda hali yutqazmagan

Uta Abe
Foto: Uta Abe / instagram

Hamzinning qayd etişiça, Uta Abe Tokiodagi turnirga jahon reytingining birinçi raqamli dzyudoçisi sifatida kelmoqda. U 2026-yilda ötkazgan 9 ta bellaşuvning barçasida ğalaba qozongan. Abe Ulan-Batordagi «Katta dubulğa» turnirida oltin medalni qölga kiritgan va Bokuda kattalar örtasidagi jahon çempionatida oltinçi marta çempion bölgan.

«Bu mağlubiyatsiz seriya uni Tokio turniri oldidan öz vazn toifasidagi eng yaxşi formada turgan sportçiga aylantirmoqda», — deb yozdi Hamzin.

Keldiyorova esa qizi tuğilgandan söng maşğulotlarga qaytgan. U qaytganidan keyingi ilk turniri — Aqtovdagi Osiyo oçiq kubogida oltin medalni qölga kiritgan. Keyin Abu-Dabidagi «Katta dubulğa» turnirining 1/8 finalida Gefen Primoga yutqazgan, Zagreb Gran-prisida esa bronza medalini olgan.

«Keldiyorova uçun jiddiy sinov»

Ekspertning fikriça, agar Keldiyorova va Abe Tokioda uçraşsa, bu özbekistonlik sportçining ayni paytdagi tayyorgarligini baholaş imkonini beradi.

«Agar ular uçraşsa, mağlubiyatsiz jahonning birinçi raqamiga qarşi bellaşuv Keldiyorovaning masofa his qilişi, taymingi va musobaqaviy tayyorgarligini jiddiy sinovdan ötkazadi», — dedi Hamzin.

U Keldiyorova va uning murabbiyi hozirdanoq Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik olib borayotganini ham qayd etdi.

Keldiyorova va Abe sönggi marta 2024-yilgi Parij Olimpiadasida bir turnirda qatnaşgan. Öşa paytda özbekistonlik dzyudoçi 1/8 finalda Abeni mağlub etib, uning besh yillik ğalabali seriyasiga nuqta qo‘ygan edi. Keyin Keldiyorova Özbekiston tarixidagi dzyudo böyiça ilk Olimpiya oltin medalini qölga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Diyora Keldiyorova Tokio «Katta dubulğa» turnirida Uta Abe bilan yana töqnaş kelişi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek