
Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolçisi, «FarDU» klubi boş murabbiyi Sergey Lebedev 24-noyabr kuni 57 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Professional futbol ligasi ma’lum qildi.
Lebedev «FarDU» jamoasining Toşkentdagi yiğini vaqtida özini yomon his qilgan. U poytaxtdagi şifoxonalardan biriga olib borilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
«FarDU» — «Metallurg» öyini qoldirildi
Sergey Lebedevning vafoti munosabati bilan 25-noyabr kuni Bekobodda ötkazilişi kerak bölgan «FarDU» va «Metallurg» örtasidagi pley-off uçraşuvi qoldirildi.
Mazkur bahsda 2027-yilgi Superliga yöllanmasi hal etilişi kerak edi. PFL uçraşuvning yangi sanasi keyinroq ma’lum qilinişini bildirdi.
Şuningdek, Özbekiston kubogi yarim final uçraşuvlari oldidan Sergey Lebedev xotirasi bir daqiqalik sukut bilan yodga olindi.
«Liga yuz bergan voqea munosabati bilan çuqur qayğuda va ‘FarDU’ futbolçilarining ruhiy holatini yaxşi tuşunadi. Sergey Elefertoviçning kutilmagan va bevaqt vafoti uning şogirdlari hamda klub xodimlari uçun katta zarba böldi», — deyiladi PFL bayonotida.
Özbekiston bilan Osiyo öyinlari çempioni bölgan
Sergey Lebedev 1969-yil 31-yanvarda tuğilgan.
U futbolçilik faoliyatining katta qismini Farğonaning «Neftçi» klubida ötkazgan. Jamoa safida Özbekiston çempionati va mamlakat kubogida ğolib bölgan.
Lebedev, şuningdek, Qarşining «Nasaf», Rossiyaning «Şinnik» va Bekobodning «Metallurg» klublarida ham töp surgan.
U Özbekiston futboli tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri — 1994-yilgi Osiyo öyinlaridagi çempionlikning bevosita iştirokçisi edi.
Yaponiyaning Xirosima şahrida ötkazilgan finalda Özbekiston terma jamoasi Xitoyni 4:2 hisobida mağlub etgan. Lebedev mazkur uçraşuvda gol urgan.
Terma jamoada 33 ta öyin ötkazgan
Sergey Lebedev Özbekiston milliy terma jamoasi safida 33 ta uçraşuv ötkazib, 10 ta gol urgan.
U, şuningdek, 1996 va 2000-yillardagi Osiyo kubogi musobaqalarida ham Özbekiston şarafini himoya qilgan.
Futbolçilik faoliyatini yakunlagaç, Lebedev murabbiylik sohasida işlagan va sönggi vaqtlarda «FarDU» jamoasini boşqarib kelayotgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdurazzoq Obröy 70 yoşida vafot etgani haqida yozgan edi.