Markaziy Osiyoda OIV va OITS bilan boğliq ölimlar oşdi — BMT

eʼlon qilindi
Özbekistonda 52 mingdan ortiq kişi OIV bilan yaşamoqda
Foto: UzA

Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo OIV infeksiyasining yangi holatlari hamda OITS bilan boğliq ölimlar soni bir vaqtning özida oşayotgan dunyodagi yagona mintaqa bölib qolmoqda. Bu haqda BMT UNAIDSning 2026-yilgi hisobotiga tayanib xabar berdi.

Hisobotga köra, 2010-yilga nisbatan mintaqada yangi OIV infeksiyalari soni 17 foizga, OITS bilan boğliq ölimlar esa 11 foizga oşgan. 2025-yilda mintaqada qariyb 120 ming kişi OIV yuqtirgan, OITS bilan boğliq kasalliklar sabab 43 ming kişi vafot etgan. Mintaqada OIV bilan yaşayotganlar soni taxminan 2 million nafarni taşkil etadi.

Dunyo miqyosida esa vaziyat boşqaça. 2010-yildan buyon yangi OIV infeksiyalari 42 foizga, OITS bilan boğliq ölimlar esa 57 foizga kamaygan.

Mintaqada davolaniş qamrovi past

UNAIDS ma’lumotlariga köra, mintaqada OIV bilan yaşayotganlarning 83 foizi öz maqomini biladi. Biroq ularning atigi 56 foizi antiretrovirus terapiya olayapti. Virus yuklamasi bostirilganlar uluşi esa 48 foizni taşkil etadi. Bu dunyo mintaqalari orasidagi eng past körsatkiçdir.

Taşkilot OIV bilan yaşayotgan va öz holatini biladigan, biroq davolanmayotganlar sonini taxminan 560 ming nafar deb baholagan.

UNAIDS ta’kidlaşiça, samarali davolaniş olgan va virus yuklamasi bostirilgan odam OIVni jinsiy yöl bilan yuqtira olmaydi. Şu sababli davolanişga kiriş imkoniyatining pastligi nafaqat bemorlarning soğliği, balki infeksiyaning keyingi tarqalişiga ham ta’sir qiladi.

Özbekistonda 52 mingdan ortiq kişi OIV bilan yaşamoqda

Özbekistonda 2025-yil 1-dekabr holatiga köra, OIV infeksiyasi bilan yaşayotganlar soni 52 ming nafardan oşgan.

Respublika OITSga qarşi kuraşiş markazi ma’lumotlariga köra, 2025-yilning dastlabki 10 oyida 3 mingdan ortiq kişida OIV infeksiyasi aniqlangan. Yangi holatlarning asosiy qismini 30–49 yoşdagi fuqarolar taşkil qilgan. Markaz hisob-kitoblariga köra, sönggi yillarda OIV aniqlanganlarning 30 foizdan ortiği mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar hissasiga töğri keladi.

Mamlakatda 2025-yil davomida 5 milliondan ortiq kişi OIV böyiça skrining tekşiruvidan ötkazilgan. 1-dekabr holatiga OIV bilan yaşayotganlarning 89 foizi öz maqomini bilgan, 89 foizi antiretrovirus terapiya bilan qamrab olingan, 88 foizida esa virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tuşirilgan.

Stigma va qonunçilik ham muammo sifatida körsatilgan

UNAIDS mintaqadagi vaziyatga ta’sir qilayotgan asosiy omillar qatorida OIV bilan yaşayotgan insonlar va ayrim guruhlarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani, şuningdek, çeklovçi qonunçilikni sanagan.

Taşkilotning ta’kidlaşiça, bunday tösiqlar odamlarning OIVga test topşirişi, davolanişni boşlaşi yoki tibbiy yordamga murojaat qilişini keçiktirişi mumkin.

Hisobotda, şuningdek, migratsiya va mintaqadagi uruşlar tibbiy yordamning uzluksizligini ta’minlaşni murakkablaştirayotgani qayd etilgan.

OIV dasturlariga mablağ kamaygan

UNAIDS ma’lumotlariga köra, 2025-yilda mintaqadagi OIV dasturlariga xalqaro moliyalaştiriş $264 mlndan $196 mlngaça, ya’ni 26 foizga qisqargan. Milliy xarajatlar esa $365 mlndan 389 mlngaça oşgan, biroq bu xalqaro mablağlarning kamayişini töliq qoplay olmagan.

Taşkilot mintaqadagi OIVga qarşi kuraşni kuçaytiriş uçun testdan ötkaziş, profilaktika va davolaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, stigma va diskriminatsiyani kamaytiriş hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanişiga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etiş zarurligini ta’kidlagan.

UNAIDSning 2026-yilgi hisobotida dunyo böyiça 2025-yilda 41 mln kişi OIV bilan yaşagani, 1,2 mln yangi infeksiya qayd etilgani va 570 ming kişi OITS bilan boğliq kasalliklardan vafot etgani qayd etilgan.

Avvalroq çet eldan Özbekistonga kelayotganlar OIV böyiça majburiy tekşiruvdan ötişi kerakligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek