Özbekiston aholisining örtaça yoşi 30 ga yetdi

eʼlon qilindi
Hududlar orasida aholining örtaça yoşi eng yuqori Toşkent şahrida — 34 yoş, eng yoş aholi esa Surxondaryoda — örtaça 27 yoş
Foto: SI/ Dilobar Yöldoşeva

Özbekistonda aholining örtaça yoşi 2026-yil boşida 29,6 yoşni taşkil etdi. Bu avvalgi hisob-kitoblardagi körsatkiçdan 0,1 yoşga yuqori. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi. Erkaklarning örtaça yoşi 29 yoş, ayollarniki esa 30 yoşni taşkil etgan.

Eng katta körsatkiç Toşkent şahrida

Hududlar orasida aholining örtaça yoşi eng yuqori Toşkent şahrida — 34 yoş qayd etilgan. Keyingi örinlarda Navoiy viloyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Buxoro viloyati — 31 yoş qayd etilgan.

Eng yoş aholi esa Surxondaryo viloyatida — örtaça 27 yoş. Qaşqadaryo va Jizzaxda bu körsatkiç 28 yoş.

16 yilda örtaça yoş salkam 3 yilga oşdi

2010-yilda Özbekiston aholisining örtaça yoşi 27 yoşni taşkil etgan edi. 2026-yil boşiga kelib bu körsatkiç 2,6 yoşga oşgan. Yangi ma’lumotlar aholini röyxatga oliş natijalari asosida qayta hisoblangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi aholini röyxatga oliş natijalariga köra, Özbekiston aholisi 39 mln nafardan oşgani haqida yozgan edi.

Shuningdek