
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi ilk partiya durang bilan yakunlandi. Bahs davomida hindistonlik şaxmatçi birgina yuriş uçun 36 daqiqadan köp vaqt sarfladi. Sindarov esa raqibining vaqt tanqisligidan foydalanishga urindi. Öyindan keyin ikki şaxmatçi öz qarorlari va yöl qöygan kamçiliklari haqida gapirdi.
Sindarov matbuot anjumanida jahon çempionligi bahsidan oldin qattiq hayajonlanganini tan oldi. Uning aytişiça, öyin boşlangandan söng asosiy e’tiborini partiyaga qaratgan.
«Bugun şunçaki öyindan zavq olişga harakat qildim. Menimça, ikkalamiz ham yaxşi partiya öynadik», – dedi özbekistonlik grossmeyster.
Gukeş esa öyinga tayyorgarlik köriş va bahs oldidagi ruhiy bosim taxta qarşisidagi bahsdan köra qiyinroq ekanini aytdi. Uning fikriça, öyin boşlangandan söng şaxmatçi öziga taniş muhitga qaytadi.
Sindarov nega ehtiyotkor öynadi
Birinçi partiyada Sindarov oq, Gukeş esa qora donalarda harakat qildi. Şaxmatçilar ispan partiyasining Berlin himoyasini tanladi va sakkizinçi yurişdayoq farzinlarni almaştirdi.
Sindarovning tuşuntirişiça, birinçi partiyada raqibning öyin uslubini örganiş va yangi muhitga moslaşiş muhim bölgan.
«Imkoniyat bölsa, qaysi partiya ekanidan qat’i nazar, doim yutişga harakat qilasan. Lekin birinçi partiyada köproq raqibingni örganasan va ehtiyot bölib öynaysan. Durang — yomon natija emas», – dedi u.
Sindarov vaqt böyiça ustunlikka erişib, raqibini murakkab qarorlar qabul qilişga majbur etişga harakat qilganini ham bildirdi.
Gukeş bir yuriş uçun 36 daqiqadan köp öyladi
Partiyaning eng muhim vaziyatlaridan biri 17-yurişda yuzaga keldi. Sindarov b3 katagiga piyoda yurganidan söng Gukeş fili bilan b4 katagiga yuriş qiliş uçun 36 daqiqaga yaqin vaqt sarfladi.
Sindarov raqibi bu yurişni 20 – 25 daqiqada topişini kutgan edi. Şu vaqt davomida u dam oliş xonasida Gukeşning ehtimoliy qarorlarini tahlil qilgan.
«Qirq daqiqa — bu haqiqatan ham juda köp», — dedi Sindarov.
Gukeş esa uzoq öylanişining sababini tuşuntirdi. Uning aytişiça, 17…Bb4 va 18…h6 yurişlari raqibning ot bilan hujum qiliş imkoniyatlarini çeklaş uçun muhim bölgan.
Hindistonlik grossmeyster vaqt tanqisligiga tuşgan bölsa-da, avvalgi hisob-kitoblari keyingi yurişlarni tezroq amalga oşirişiga yordam berganini aytdi.
Sindarov qaysi imkoniyatlarni qöldan boy berdi
Öyindan söng Sindarov ayrim qarorlarini qayta tahlil qildi.
Xususan, 14-yurişda u c4 ni tanlagan. Biroq partiyadan keyin Rd2 yurişi yaxşiroq bölişi mumkinligini ta’kidladi. Çunki bu variant raqibdan keyingi rejalarni yaşiriş imkonini berardi.
Şuningdek, 17…Bb4 dan keyin 18.Rb2 yurişi ham qiziqarli imkoniyat bölgan. Sindarovning fikriça, bu qora donalar uçun noqulay vaziyat yaratişi mumkin edi.
18-yurişga kelib özbekistonlik grossmeyster vaqt böyiça 50 daqiqadan ortiq ustunlikka ega bölgan.
Biroq Sindarov pozitsiya tenglikka yaqinligini tuşunganini, şunga qaramay raqibiga bosim ötkazişni davom ettirganini bildirdi.
Gukeşning 27-yurişi nimasi bilan muhim
Partiya davomida Sindarov şoh qanotida faol öyin qildi. U otlarini oldinga surib, piyodalar yordamida hujum taşkil etişga urindi.
Gukeş esa raqibining 22.Ne1 yurişini juda qiziqarli deb baholadi. Hindistonlik şaxmatçi Sindarovning keyingi ayrim rejalarini oldindan körmaganini tan oldi.
27-yurişda Gukeş öz şohini f6 katagiga ötkazdi. Bu qaror uning himoyasini mustahkamlaşda muhim rol öynadi.
Sindarov mazkur yurişni kutganini, biroq uning qançalik samarali ekanini yetarli baholamaganini bildirdi. Keyinçalik özbekistonlik grossmeyster aniq yurişlar yordamida vaziyatni tenglaştirdi.
Nega Sindarovning dastlabki durang talabi rad etildi
Bahs reglamentiga köra, 40-yurişgaça şaxmatçilar özaro kelişuv asosida durang qayd eta olmaydi. Biroq taxtadagi bir xil vaziyat uç marta takrorlansa, durang talab qiliş mumkin.
Sindarov pozitsiya uç marta takrorlangan deb hisoblab, hakamga murojaat qildi. Ammo dastlabki talab qabul qilinmadi. Natijada Gukeşning soatiga qöşimça ikki daqiqa berildi.
Keyingi yurişlarda pozitsiya yana takrorlandi va 38-yurişda durang rasman qayd etildi.
«Qoida — qoida», – dedi Gukeş uşbu vaziyatga izoh berarkan.
Şaxmatçilar ruhiy bosim haqida nima dedi
Matbuot anjumanida grossmeysterlardan öyin paytidagi odatlari haqida ham söraldi. Jurnalistlar Sindarovning oyoğini qimirlatib ötirişi va Gukeşning közlarini yumib olişiga e’tibor qaratdi. Şaxmatçilar bunday odatlar boşqa musobaqalarda ham kuzatilişini bildirdi.
Jahon çempionligi bahsini butun dunyo kuzatayotgani haqida gapirar ekan, Sindarov har bir partiyaga alohida e’tibor qaratişga intilayotganini aytdi.
Gukeş esa ruhiy bosim doimo mavjudligini, biroq professional sportçi har qanday şaroitda özining eng yaxşi öyinini körsatişi kerakligini ta’kidladi.
Öyin zalidagi muhit şaxmatçilarga ta’sir qildimi
Jenevadagi bahs Singapurda ötkazilgan avvalgi jahon çempionligidan farqli ravişda şişa kabinasiz taşkil etilgan.
Gukeşning aytişiça, tomoşabinlar harakatlanganda poldan ğijirlagan ovoz eşitilgan. Biroq bu uning diqqatini bölmagan. Sindarov esa zalda muxlislar bölişini ijobiy baholadi.
«Zalda odamlar köproq bölgani yaxşi, aks holda juda zerikarli bölardi», – dedi özbekistonlik grossmeyster.
Ilk partiyadan söng umumiy hisob 0,5:0,5 körinişida. Ikkinçi partiya 25-noyabr kuni ötkaziladi. Unda Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda harakat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq UzChess jonli efiri FIDE translyatsiyasini tomoşabinlar soni böyiça ortda qoldirgani haqida xabar berilgandi. Taşkilot ma’lumotiga köra, birinçi partiya translyatsiyasi UzChess tarixidagi eng köp tomoşa qilingan jonli efirga aylangan. Efir jami 572 ming martadan ortiq körilgan, bir vaqtning özida uni kuzatganlar soni esa 42 mingga yaqinlaşgan.