Sindarov jahon çempionligi uçun bahsning ikkinçi partiyasida ham durang öynadi

Özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindarov hindistonlik amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning ikkinçi partiyasida ham durang qayd etdi. Uçraşuv 25-noyabr kuni Şveysariyaning Koloni şahrida bölib ötdi.
Partiya Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlandi va 20:57 ga qadar davom etdi. Yakunda ikki şaxmatçi durangga rozi böldi.
Ma’lumot uçun, amaldagi jahon çempioni va unga da’vogarning har ikkisi ham 20 yoşda. Jahon şaxmati tarixida çempionlik uçun bunday yoşdagi ikki şaxmatçi örtasida bahs hali ötkazilmagan.
Gukeş 2024-yil dekabr oyida Singapurda qölga kiritgan jahon çempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda. U xitoylik Din Lirenni 7,5:6,5 hisobida mağlub etib, finalning 14-partiyasida hal qiluvçi ğalabaga erişgan edi. 18 yoşida hindistonlik şaxmatçi tarixdagi eng yoş mutlaq jahon çempioniga aylangan va Garri Kasparovning 22 yoşida çempionlikni qölga kiritiş böyiça rekordini yangilagan.
Noyabr oyidagi Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida Gukeş 2710 oçko bilan 26-örinda bormoqda. Sindarov esa 2782 oçko bilan 4-örinni egallagan. Özbekistonlik şaxmatçining reytingdagi ustunligi 72 oçkoni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi uçraşuvining ilk partiyasi durang bilan yakunlangandi.