Javohir Sindarov ikkinçi partiyadan keyin nima dedi

26-noyabr 2026 07:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir Sindarov ikkinçi partiyadan keyin nima dedi
Foto: Michal Walusza / FIDE

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Gukeş Dommaraju bilan jahon çempionligi bahsining ikkinçi partiyasida qora donalarda durang qayd etganidan söng debyutdagi tayyorgarligi haqida gapirdi. Uning aytişiça, Gukeşning London tizimini tanlaşini kutmagan, biroq taxtada yuzaga kelgan variantni oldindan köp marotaba tekşirgan.

25-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonida ötkazilgan partiya 20-yurişda durang bilan yakunlandi. Ikki partiyadan keyin hisob 1:1 böldi.

London tizimi Sindarov uçun kutilmagan böldi

Gukeş partiyani 1.d4 d5 2.Nf3 Nf6 3.Bf4 yurişlari bilan boşlab, London tizimiga ötdi. Sindarov matbuot anjumanida aynan şu debyutni kutmaganini, ammo keyin yuzaga kelgan pozitsiya unga yaxşi taniş bölganini aytdi.

«London tizimini kutmagandim, lekin bu variantni oldindan köp tekşirganman», – dedi Sindarov.

Qora donalarning 7…Qb6 yurişi ham uning tayyorgarligiga kirgan. Bu yuriş orqali qora farzin b2 piyodasiga bosim qildi. Gukeş esa 8.Rb1 bilan piyodani himoya qildi.

Sindarov farzinni nega d8 ga qaytardi

Partiyaning asosiy strategik nuqtalaridan biri Sindarovning 11…Qd8 yurişi böldi. Özbekistonlik grossmeysterning tuşuntirişiça, farzinni ortga qaytariş orqali u filni e8 ga, otni d7 ga olib ötiş va keyin f-piyodani f5 ga surişni rejalaştirgan.

Bu reja keyin partiyada deyarli aynan amalga oşdi: Sindarov 13…Be8, 14…Nd7 va 15…f5 yurişlarini amalga oşirdi.

Sindarov öz rejasini bajariş uçun qulay paytni topganini aytdi. Gukeş esa keyinroq aynan …Be8 va …Nd7 rejasini yetarliça baholamaganini tan oldi.

15…f5 dan keyin Gukeş yarim soatga yaqin öyladi

Sindarov 15…f5 yurişini amalga oşirgandan keyin Gukeş uzoq vaqt öyladi va 16.f3 ni tanladi. Sindarov bunga 16…Nf6 bilan javob qaytardi.

Şu paytdan boşlab pozitsiyada oqlar uçun aniq faol reja topiş qiyinlaşdi. Gukeş e4 yoki c4 yordamida markazni oçiş imkoniyatlarini köra olmaganini aytdi.

FIDE tahlilida 17.c4 dan keyin ham qoralar faol qarşi öyin olişi mumkinligi körsatildi. Bu esa Sindarovning pozitsiyani muvozanatda uşlab turişga muvaffaq bölganini körsatdi.

Sindarov diqqati va ruhiy holati haqida ham gapirdi

Matbuot anjumanida Sindarovdan partiya vaqtida esnayotgani haqida ham söraşdi. U uyqusi joyida ekanini, raqibi uzoq öylayotganida esa taxtadagi mumkin bölgan yuriş va rejalarni xayolidan ötkaziş bilan birga imkon qadar dam olişga harakat qilişini aytdi.

Sindarov murabbiyi Roman Vidonyak bilan jahon çempionligi bahsining muhitiga birgalikda moslaşayotganini ham qayd etdi. Uning aytişiça, bunday darajadagi bahs har ikkisi uçun ham ilk tajriba.

Ular partiyadan keyin nafaqat şaxmat, balki ruhiy holat haqida ham gaplaşadi. Ba’zan esa şaxmatdan butunlay uzoqlaşıb, keçqurun karta yoki boşqa mayda öyinlar bilan vaqt ötkazişadi.

Ikki partiyadan keyin Sindarov va Gukeş hisobida 1:1. Uçinçi partiya 26-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Unda Sindarov oq donalarda öynaydi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Sindarov jahon çempionligi uçun bahsning ikkinçi partiyasida ham durang öynagani haqida yozgan edi.

Shuningdek