Assaubayeva Sindarovga sevgi izhor qildimi — foto

26-noyabr 2026 09:35 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Assaubayeva Sindarovga sevgi izhor qildimi — foto
Foto: Assaubayeva Instagram sahifasi

Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva jahon çempionligi uçun kuraşayotgan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan tuşgan yangi suratini Instagram sahifasida e’lon qildi. U suratga qizil yurak belgisini ham joylaştirdi.

22 yoşli Bibisora Assaubayeva 20 yoşli Javohir Sindarov va ularning umumiy dösti hamda sekundanti Muhiddin Madaminov bilan tuşgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylaştirdi.

Foto: Assaubayeva Instagram sahifasi

Şaxmatçi suratga qora piyoda, duo qilayotgan qöllar va qizil yurak belgilarini qöşgan. Sports.kz nashri buni Assaubayevaning Sindarovga bölgan his-tuyğulari ifodasi sifatida talqin qildi.

Assaubayeva bundan tashqari Telegram kanalida ham muhabbatga oid post joyladi. Ayiqcha rasmi bilan «4❤️» deya izoh qoldirgan u.

Ekran tasviri Assaubayeva Telegram sahifasi

Assaubayeva Sindarov uçun turnirdan voz keçgan

Avvalroq qozoğistonlik şaxmatçi Sindarovni jahon çempionligi bahsida şaxsan qöllab-quvvatlaş maqsadida Germaniyaning Ştutgart şahrida ötkazilgan WR Women’s Chess Tour 2026 grand-finalida qatnaşişdan voz keçgani xabar qilingan edi.

Assaubayeva hozirda Şveysariyaning Jeneva şahrida Sindarovni qöllab-quvvatlamoqda.

Sindarov va Gukeş örtasidagi hisob qanday

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsida hindistonlik amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib bormoqda.

Dastlabki ikkita klassik partiya durang bilan yakunlandi. Şu tariqa umumiy hisob 1:1 körinişida. Bahsning uçinçi partiyasi 26-noyabr kuni ötkaziladi. Unda Sindarov oq, Gukeş esa qora donalarda harakat qiladi.

Shuningdek