Umidbek Nasrullayev qozoğistonlik MMA jangçisiga qarşi ringga çiqadi

26-noyabr 2026 10:17 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Umidbek Nasrullayev qozoğistonlik MMA jangçisiga qarşi ringga çiqadi
Foto: SI yordamida tahrirlandi

Özbekistonlik jangçi Umidbek Nasrullayev 12-dekabr kuni Qozoğistonning Olmaota şahrida ötkaziladigan IBA Nomad turnirida mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Damir Rahimjonovga qarşi oktagonga çiqadi.

Ikki sportçi örtasidagi jang 12-dekabr kuni Olmaotadagi «Almaty Arena» majmuasida bölib ötadi. Ular yarim örta vazn toifasida özaro bellaşadi.

21 yoşli Damir Rahimjonov uçun bu IBA Nomad ligasidagi ilk jang böladi. Qozoğistonlik sportçi professional MMA faoliyati davomida uçta jang ötkazib, barçasida ğalaba qozongan.

U sönggi marta 2025-yil dekabrida Toşkentda ötkazilgan Octagon 83 turnirida oktagonga çiqqan. Öşanda Rahimjonov özbekistonlik Odilxon Kamolovni hakamlarning bir ovozdan çiqarilgan qarori bilan mağlub etgan.

Umidbek Nasrullayev kim

Umidbek Nasrullayev professional MMAda hozirgaça bitta jangda mağlubiyatga uçragan. Şunga qaramay, u boşqa yakkakuraş turlarida tajribaga ega. Xususan, Nasrullayev qöl jangi böyiça Özbekiston çempionati sovrindori hisoblanadi.

Şuningdek, u jangovar sambo böyiça tört karra Rossiya çempioni bölgan. 12-dekabrdagi bahs Nasrullayev uçun professional MMAda dastlabki ğalabasini qölga kiritiş imkoniyati böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toqayev özbekistonlik boksçiga Qozoğiston fuqaroligini bergandi. Qozoğiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev özbekistonlik boksçi Sayat Ilyasovga Qozoğiston fuqaroligini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Endilikda sportçi xalqaro musobaqalarda Qozoğiston terma jamoasi şarafini tölaqonli himoya qila oladi.

Shuningdek