Andijon va Surxondaryoda yirik giyohvandlik savdosiga çek qöyildi

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida ötkazilgan tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosiga çek qöyildi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Andijonda 1 kg dan ortiq «gaşiş» va qariyb 2 ming dona «Regapen» topilgan bölsa, Surxondaryoda Afğoniston fuqarosi 6 kg dan ortiq «gaşiş»ni $15 mingga sotayotgan vaqtida uşlangan.
Paxtaobodda 1,1 kg dan ortiq gaşiş topildi
Andijon viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumanida yaşovçi, 1986-yilda tuğilgan va avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan şaxsning xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Natijada uşbu manzildan 1 kg 157 gramm «gaşiş» hamda 1946 dona «Regapen» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Tezkor tadbir davomida mazkur şaxsdan «Regapen» sotib olmoqçi bölgan 2001-yilda tuğilgan mahalliy fuqaro ham uşlangan.
Uning yonidan 1,5 gramm «gaşiş» va ikki dona «Regapen» topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
6,3 kg gaşişni $15 mingga sotayotgan vaqtida uşlandi
Yana bir tezkor-qidiruv tadbiri Surxondaryo viloyatida ötkazildi.
DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari Içki işlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Termiz xalqaro savdo markazida oldindan kuzatuvga olingan Afğoniston fuqarosini qölga oldi.
Ma’lum qilinişiça, 1986-yilda tuğilgan xorij fuqarosi sotiş uçun möljallangan çoponlar orasiga yaşirilgan holda mamlakatga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 6 kg 342 gramm «gaşiş»ni $15 mingga sotayotgan vaqtida uşlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq «Kursiv» noqonuniy Umra safarlari taşkil etilgan ikki holat aniqlangani haqida yozgan edi.