Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni ma’qulladi

Jahon banki Özbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun $800 mlnlik moliyalaştiriş paketini ma’qulladi. Mablağlar yangi iş örinlarini yaratiş, xususiy sektorni rivojlantiriş, ijtimoiy himoyani kengaytiriş va energetika sohasini modernizatsiya qilişga yönaltiriladi.
Dastur doirasidagi islohotlar natijasida 2029 – 2031-yillarda 275 mingta qöşimça va sifatliroq iş örni yaratilişi kutilmoqda.
Ijtimoiy himoya va nafaqalar kengaytiriladi
Moliyalaştiriş dasturining muhim yönalişlaridan biri aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hisoblanadi. Xususan, homiladorlik va tuğiş, şuningdek, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalarni qamrab oluvçi ijtimoiy suğurta tizimini kengaytiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, iş joylarida xavfsiz va munosib mehnat şaroitlarini yaratiş mexanizmlari takomillaştiriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş uçun ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş ham nazarda tutilgan.
Yana 500 ming kişi internetga ulanadi
Jahon banki qöllab-quvvatlaydigan islohotlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişni ham öz içiga oladi. 2028-yilga qadar mamlakatda keng polosali internetdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölganlar sonini yana 500 ming nafarga oşiriş rejalaştirilgan. Ularning 250 ming nafari xotin-qizlar bölişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, ma’lumotlarni davlatlar örtasida xavfsiz uzatiş qoidalari takomillaştiriladi. Bu korxonalarga bulutli xizmatlar va xalqaro raqamli platformalardan kengroq foydalaniş imkonini berişi kutilmoqda.
Elektr ta’minotida xususiy operatorlar uluşi oşiriladi
Dastur doirasida elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini tartibga soliş tizimi takomillaştiriladi. 2028-yilga borib elektr energiyasi iste’molçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, elektr energiyasini işlab çiqariş va taqsimlaş sohalariga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatlari kengaytiriladi.
Energiya samaradorligini oşiriş uçun 2028-yilgaça $10 mln xususiy investitsiya jalb etiş, taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya manbalarining umumiy quvvatini esa 3 ming MVtga yetkaziş közda tutilgan.
Fermerlarning 35 foizi suğurta bilan qamrab olinadi
Qişloq xöjaligida fermer va çorvadorlarni tabiiy xavflardan himoya qilişga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, qurğoqçilik, suv toşqinlari, keskin ob-havo hodisalari va boşqa xavflar tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan zararlarni qoplaşga qaratilgan qişloq xöjaligi suğurtasi kengaytiriladi.
2028-yilga qadar fermer va çorvadorlarning 35 foizini suğurta bilan qamrab oliş maqsad qilingan.
Xususiy biznes va taşqi savdo qöllab-quvvatlanadi
Jahon bankining moliyaviy kömagi davlat korxonalarini isloh qiliş, raqobatni kuçaytiriş va xususiy biznes uçun yangi imkoniyatlar yaratişga ham xizmat qiladi. Şuningdek, taşqi savdo jarayonlarini soddalaştiriş, bojxona va çegara tartiblarini raqamlaştiriş hamda «yagona darça» tizimini rivojlantiriş rejalaştirilgan.
Bu çoralar eksport va import bilan şuğullanuvçi korxonalarning xarajatlarini kamaytiriş, xalqaro savdoni osonlaştiriş hamda Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Bundan taşqari, binolarning energiya samaradorligi standartlari takomillaştiriladi. Korxonalarga energiya sarfini va atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytiradigan texnologiyalarga investitsiya kiritiş uçun rağbatlar yaratiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon banki Samarqand tibbiyoti uçun $100 mln ajratgandi. Mablağlar Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordamni yaxşilaşga qaratilgan ŞIFO-1 dasturi doirasida ajratiladi. Dastur viloyatning 4,3 mln nafar aholisiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşirişni nazarda tutadi.