Surxondaryoda çöponiga 6 kg narkotik yaşirgan Afğoniston fuqarosi uşlandi

eʼlon qilindi
U giyohvandlik moddasini $15 mingga sotayotgan paytda qölga olingan
Foto: @xavfsizlik_uz telegram sahifasidagi videodan skrinshot

Surxondaryo viloyatida Afğoniston fuqarosi çoponlar orasiga yaşirilgan 6,3 kg dan ortiq gaşişni sotayotgan paytda uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Termizda $15 minglik narkotik savdosiga çek qöyildi

Foto: @xavfsizlik_uz telegram sahifasidagi videodan skrinshot

Termiz xalqaro savdo markazida oldindan kuzatuvga olingan 1986-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosi sotuvga möljallangan çoponlar orasiga giyohvandlik moddasini yaşirib, Özbekistonga olib kirgani aniqlangan. U 6 kg 342 gramm gaşişni $15 mingga sotayotgan paytda uşlangan.

Jinoyat işi qözğatildi

Xorij fuqarosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) hamda 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Surxondaryoda avtomobil dvigateliga yaşirilgan giyohvandlik moddalari musodara qilingani haqida yozgandi. Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qariyb 1,8 kg narkotik modda musodara etilib, ikki nafar gumondor uşlangan edi.

Shuningdek