Ipotekani moliyalaştiriş uçun $1,9 mlrd ajratilişi rejalaştirilgan

Özbekistonda 2026-yilda ipoteka kreditlarini moliyalaştiriş uçun $1,9 mlrd miqdorida resurs ajratilişi rejalaştirilgan. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov Toşkentda ötkazilayotgan II Özbekiston uy-joyni moliyalaştiriş xalqaro forumida ma’lum qildi.
Vazir örinbosarining ta’kidlaşiça, kelgusida ipoteka bozoriga tijorat banklari, mahalliy va xalqaro investorlarning mablağlarini keng jalb etiş orqali sohani moliyalaştirişda xususiy kapital iştirokini oşirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Uning sözlariga köra, uy-joy bozorining barqaror rivojlanişini faqat davlat budjeti mablağlari hisobidan ta’minlab bölmaydi. Buning uçun muqobil moliyalaştiriş manbalarini, xususan, kapital bozori vositalarini rivojlantiriş zarur.
Ipoteka bozorida xususiy kapital iştiroki oşiriladi
Özbekistonda 2020-yildan boşlab ipoteka kreditlaşning bozor tamoyillariga asoslangan yangi tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda.
Xususan, tijorat banklarining ipoteka kreditlaşdagi iştiroki kengaytirildi, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj oilalarga subsidiya ajratiş mexanizmi yölga qöyildi. Xususiy quriliş kompaniyalariga qöşimça imkoniyatlar yaratildi, uzoq muddatli moliyaviy resurslarni jalb qiliş maqsadida ipotekani qayta moliyalaştiriş tizimi joriy etildi.
2025-yilda 70 mingdan ziyod fuqarolarga ipoteka kreditlari ajratilgan. Uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj fuqarolarga esa $168 mln dan ortiq subsidiya tölangan. Şuningdek, mamlakatda 15 mln kvadrat metrdan ziyod uy-joy foydalanişga topşirilgan.
«Bu raqamlar uy-joy bozori kengayib borayotganini, aholining uy-joy sotib oliş imkoniyati oşib borayotganini körsatmoqda», – dedi vazir örinbosari.
Kelgusida xususiy kapital iştirokini oşiriş, ipoteka obligatsiyalarini rivojlantiriş hamda banklar uçun uzoq muddatli moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilmoqda.
Kapital bozori vositalaridan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kredit liniyalariga muqobil manba sifatida foydalanış hamda ipoteka sektorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlaş uçun içki investorlar bazasini rivojlantiriş masalalari ham forum kun tartibidan joy olgan.
Davlat manzilli subsidiyalarga e’tibor qaratadi
Davlatning asosiy e’tibori uy-joy sotib olişda moliyaviy yordamga muhtoj oilalarni manzilli qöllab-quvvatlaşga qaratiladi.
Yana bir ustuvor yönaliş energiya tejamkor zamonaviy uy-joylar qurilişini kengaytirişdan iborat. Bu aholining nafaqat uy-joy sotib oliş, balki keyinçalik uni saqlaş bilan boğliq xarajatlarini ham kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
«Bu vazifalarni amalga oşirişda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik biz uçun juda ham muhim», – dedi Fazilkarimov.
Uning ta’kidlaşiça, forumdan közlangan asosiy maqsad erişilgan natijalarni muhokama qiliş bilan çeklanib qolmasdan, mavjud muammolarga birgalikda amaliy yeçimlar topişdan iborat.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistonda aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari hajmi qariyb 40 foizga oşgani haqida yozgandi. 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida tijorat banklari tomonidan aholiga 23,6 trln sömlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Şundan 17,4 trln sömi birlamçi, 6,2 trln sömi esa ikkilamçi uy-joy bozori hissasiga töğri kelgan.