
Voyah Dream 9 minivenining katta batareyali yangi PHEV versiyasini Xitoy bozoriga çiqarişga tayyorlanmoqda. Model 87,6 kWh siğimli batareya oladi va faqat elektr energiyasida 401 km gaça yurişi mumkin.
CarNewsÇina ma’lumotiga köra, yangi modifikatsiya Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi – MIIT’da sotuvga ruxsat oliş jarayonidan ötmoqda.
87,6 kWh siğimli batareya Dream 9’ni PHEV va EREV turidagi yölovçi avtomobillari orasida eng katta batareyaga ega modellardan biriga aylantiradi. Avval bu borada Leapmotor D19 EREV’ning 80,3 kWh batareyasi tilga olingan edi.
Batareyaning özi 510 kg
Yangi Dream 9’da uç komponentli NMC batareyasi qöllanadi. Batareya elementlari CATL va Geely qöşma korxonasi tomonidan yetkazib beriladi, yakuniy batareya bloki esa CATL tomonidan yiğiladi.

87,6 kWh siğimli batareyaning oğirligi 510 kgni taşkil etadi. Bu avtomobilning 3 150 kg bölgan jihozlangan massasining qariyb 16 foiziga teng.
Modelning töliq massasi 3 675 kg. Dream 9 uzunligi 5 325 mm, kengligi 1 998 mm va balandligi 1 805 mm.
Elektrda 401 kmgaça yuradi
MIIT ma’lumotlariga köra, yangi PHEV versiyasi içki yonuv dvigatelini işga tuşirmasdan 401 kmgaça masofa bosib ötişi mumkin.
Biroq hujjatda bu körsatkiç qaysi sinov sikli böyiça aniqlangani oçiq körsatilmagan. CarNewsÇina Voyah’ning boşqa modellaridagi körsatkiçlardan kelib çiqib, bu WLTC sikliga tegişli bölişi mumkinligini taxmin qilgan.
Agar körsatkiç WLTC böyiça tasdiqlansa, Dream 9 PHEV elektr rejimidagi yuriş masofasi böyiça bozordagi eng uzoq masofali plug-in gibridlardan biriga aylanişi mumkin.
Quvvati 603 ot kuçi

Dream 9’ning yangi versiyasi 1,5 litrli benzin dvigateli va ikkita elektromotor bilan jihozlanadi. Benzin dvigatelining quvvati 120 kW yoki 161 ot kuçini taşkil qiladi. Ikki elektromotorning jami quvvati esa 450 kW – 603 ot kuçiga yetadi.
Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 200 km qilib belgilangan.
Uç kamerali pnevmatik osma va LiDAR
Dream 9’ning katta batareyali versiyasi orqa ğildiraklarni buriş tizimi, uç kamerali pnevmatik osma va 896 liniyali LiDAR bilan jihozlanadi.
Şuningdek, model Huawei XPixel faralarini oladi. Uşbu optika ayrim tasvirlarni taşqi yuzaga proyeksiya qiliş imkoniga ega.
Hozirgi Dream 9 qança turadi
Voyah Dream 9 Xitoyda 2026-yil sentabrida sotuvga çiqarilgan.
Modelning amaldagi versiyalari 419,9 ming yuandan 529,9 ming yuangaça, ya’ni taxminan $63 mingdan $79,5 minggaça narxda taklif qilinmoqda.
Hozir Dream 9 töliq elektr va PHEV versiyalarida mavjud. Amaldagi plug-in gibrid modifikatsiya 65 kWh batareya, 1,5 litrli benzin dvigateli va ikkita elektromotordan foydalanadi.
87,6 kWh batareyali yangi versiyaning narxi va sotuv boşlaniş sanasi hozirça e’lon qilinmagan.
Avvalroq «Kursiv» Hyundai Tucson ilk bor gibrid XRT Pro versiyasini olgani haqida yozgan edi.