
Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju jahon toji uçun bahsning uçinçi partiyasida durang qayd etdi. 26-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonida ötkazilgan uçraşuv 60-yurişdan söng yakunlandi.
Şu tariqa uç partiyadan keyin hisob 1,5:1,5 körinişini oldi.
Sindarov oq, Gukeş esa qora donalarda öynagan partiyada yana Berlin debütining variantlaridan biri yuzaga keldi. Biroq birinçi partiyadan farqli ravişda, Gukeş bu safar beşinçi yurişdayoq boşqa davomni tanladi.
«U 15-yurişgaça hammasini bilardi»
Birinçi partiyada Gukeş 5…Nd6 ni tanlagan edi. Uçinçi partiyada esa 5…Be7 yurişi bilan davom etdi. Sindarov bunga 6.Qe2 bilan javob berdi.
Partiyadan keyingi matbuot anjumanida Sindarov uning jamoasi 5…Be7 variantini oldindan körib çiqqanini, biroq bu yölni juda çuqur örganmaganini aytdi.
Gukeş esa debyutda ança tez öynadi va qora farzinini b8 hamda b5 orqali c4 katagiga olib ötdi.
«Menimça, u 15-yurişgaça hammasini bilardi», – dedi Sindarov.
Özbekistonlik grossmeyster dastlab pozitsiyasini yaxşi deb baholaganini, biroq keyinroq taxtada muvozanat yuzaga kelganini tan oldi.
Sindarov oq donalarda imkoniyat qidirar ekan, debyutdayoq ança köp vaqt sarfladi. Xususan, Gukeşning 15…Qc4 yurişiga 16.b3 bilan javob berişdan oldin u qariyb 15 daqiqa öyladi.
Şu paytda Sindarovning soatida 1 soat 3 daqiqa, Gukeşda esa qariyb 1 soat 58 daqiqa qolgan edi.
Gukeş 16…Qxd4 orqali farzinlarni almaştirdi.
Gukeş debyutdan mamnun qoldi
Gukeş partiyadan keyin pozitsiyani debyutdayoq deyarli teng deb baholaganini aytdi.
Qoralarning piyoda tuzilişi ayrim jihatdan noqulay körinsa ham, u mazkur pozitsiyadagi rejalarni bilgan va vaqt böyiça katta ustunlikka ega edi.
Gukeşning aytişiça, birinçi partiyadan söng Berlin himoyasi yana taxtada paydo bölişi mumkinligini har ikki tomon kutgan.
U debyutda jamoasining tayyorgarligidan mamnun qolganini ham alohida ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Gukeşdan eski grossmeysterlar partiyalarini örganadimi yoki asosan kompyuter tahliliga tayanadimi, deb ham söraldi. Savolda Boris Spasskiyning nomi tilga olindi.
«Spasskiy sekundantlarimdan biri emasligini oçiq ayta olaman», – deya hazillaşdi Gukeş.
29.f4 partiyani keskinlaştirdi
Partiyaning muhim buriliş nuqtalaridan biri Sindarovning 29.f4 yurişi böldi. Gukeş bu yurişni umuman kutmaganini tan oldi.
«Şu paytda bu yurişni butunlay körmay qoldim», – dedi u.
Sindarovning rejasi ruxni f-vertikaliga olib kelib, qora şoh tomon bosim ötkaziş edi.
Biroq Javohirning özi partiyadan keyin 29.f4 ga darhol şoşmasdan, avval h3 kabi tayyorgarlik yurişini körib çiqiş mumkinligini aytdi. Gukeş ham f4 dan keyin pozitsiyasi noqulay tus olganini tan oldi.
Şunga qaramay, qora donalar markazda qarşi öyin topdi. Gukeş 33…c5 va 34…d4 orqali faollaşdi, 36…d3 dan keyin esa Sindarov ötişgan piyodani ham nazorat qilişga majbur böldi.
27-noyabr – dam oliş kuni. 4-partiya 28-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Unda Gukeş oq donalarda öynaydi.
Avvalroq «Kursiv» Bibisora Assaubayeva Sindarov bilan munosabatlaridagi muhim sanaga işora qilgani haqida yozgan edi.