Sindarov 40-yurişga sakkiz soniya qolganda vaqt nazoratidan ötdi

27-noyabr 2026 10:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
FIDE Sindarovda Gukeşga qarşi psixologik ustunlik bölişi mumkinligini qayd etdi
Foto: Instagram/ Sindarov

Javohir Sindarov jahon toji uçun Gukeş Dommarajuga qarşi uçinçi partiyada birinçi vaqt nazoratiga atigi sakkiz soniya qolganda yetib bordi.

26-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonida ötkazilgan partiya 60-yurişdan söng durang bilan yakunlandi. Uç partiyadan keyin umumiy hisob 1,5:1,5 bölib turibdi.

Sindarovning soatida sakkiz soniya qolgan edi

33.Kg2 yurişidan keyin Sindarovning soatida 4 daqiqa 14 soniya, Gukeşda esa 13 daqiqa 12 soniya bor edi. Oq donalarda öynayotgan Javohir birinçi vaqt nazoratiga yetiş uçun yana yettita yuriş qilişi kerak edi.

39.Bb4 dan keyin Sindarovning soatida atigi sakkiz soniya qoldi.

Gukeş 39…Bxb5 ni öynadi, Sindarov esa 40.Rc1 yurişini topib, vaqt nazoratidan ötişga muvaffaq böldi. Gukeş matbuot anjumanida özining soatida yetarli vaqt borligini, ammo raqibining 40-yurişni bir neça soniya içida topişi partiyaning eng hayajonli lahzalaridan biri bölgani haqida gapirdi.

Sindarov: vaqt tanqisligida ayrim imkoniyatlarni körmay qoldim

Partiyadan keyin Sindarov vaqt tanqisligida ayrim imkoniyatlarni payqamay qolişi mumkinligini tan oldi.

Matbuot anjumanida undan partiya paytida nega quloqlarini uşlab turgani ham söraldi.

Javohirning aytişiça, vaqt tanqisligi paytida quloqlari qizib ketgan va u odatda bunday qilmaydi. Şunga qaramay, Sindarov öz himoyasidan mamnun qolganini bildirdi.

29.f4 Gukeşni hayratda qoldirdi

Partiyadagi yana bir muhim epizod Sindarovning 29.f4 yurişi böldi.

Gukeş bu yurişni umuman körmaganini aytdi.

«Şu paytda bu yurişni butunlay körmay qoldim», – dedi amaldagi jahon çempioni.

Sindarov bu orqali ruxni f-vertikaliga olib kelib, qora şohga bosim ötkazişni rejalaştirgan.

Gukeş f4 dan keyin pozitsiyasi noqulay bölib qolganini tan oldi. Uning fili c4 da, boşqa donalari esa şoh qanotidagi ehtimoliy tahdidlarni qoplaş uçun qulay joylaşmagan edi.

Biroq Gukeş 33…c5 va 34…d4 yurişlari orqali markazda qarşi öyin topa oldi.

Sindarov bir variantni keyinroq körgan

Vaqt nazoratidan söng öyin ruxli endşpilga ötdi. Gukeş 42…f5+ bilan şoh berdi. Keyin uning ruxi oq pozitsiyaga kirib bordi.

Sindarov 46.Re1 bilan ruxlarni almaştiriş imkoniyatini yaratdi. 47…Rxe1 dan keyin u ruxni darhol olmadi, avval 48.f5+ bilan şoh berdi va keyin 49.Bxe1 orqali ruxni oldi.

Anjumanda Javohir 49.Bxe1 örniga f-piyodani 49.f7 bilan oldinga suriş variantini ham körsatdi.

U bu imkoniyatni 48.f5+ dan keyin payqaganini aytdi.

Sindarovning sözlariga köra, u bir payt pozitsiyani durang deb hisoblab, böşaşib qolgan va buni öz xatosi sifatida baholagan.

«Xohlagan paytingda partiya yutiş oson emas»

Uçta durangdan keyin grossmeysterlardan birinçi ğalabani qozoniş bosimi haqida ham söraldi. Sindarov bu haqda öylamayotganini aytdi.

Gukeş esa 14 partiyalik bahs hali yarmiga ham yetmaganini, ikki tomon ham imkoniyat qidirayotganini ta’kidladi.

«Xohlagan paytingda partiya yutiş oson emas», – dedi Gukeş.

Uning fikriça, hozirça biror partiyada yaqqol ğalaba imkoniyatlari juda köp bölmadi.

Raqobat taxtada qolmoqda

Matbuot anjumanidan oldin ikki grossmeysterdan nega partiyadan keyin birga kulib, variantlarni muhokama qilişi haqida ham söraldi.

Gukeş katta bosimga qaramay, raqobatni şaxsiy masalaga aylantirmasligini aytdi. U öziga yaqin yoşdagi kuçli raqib bilan öynaş yoqimli ekanini qayd etdi.

Sindarov ham jahon toji uçun öynaş katta bosim yaratişini tan oldi, biroq bu imkoniyatni qadrlayotganini aytdi.

27-noyabr dam oliş kuni hisoblanadi. Gukeş uni uyqu va tayyorgarlikka sarflamoqçi. Sindarov esa Jenevaga kelgan bobosining tuğilgan kunini nişonlaşni rejalaştirgan.

4-partiya 28-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Bu safar Gukeş oq donalarda öynaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri Sindarov va Gukeşning uçinçi partiyasi ham durang bilan yakunlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek