
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliyot markazida investorlar bilan suhbat çoğida grossmeyster Javohir Sindarov haqida gapirdi. Davlat rahbari şaxmatçining jahon çempionligi uçun keçayotgan bahslarini kuzatib borayotganini aytdi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova ma’lum qildi.
Mirziyoyev özbekistonlik grossmeysterning dastlabki uçta partiyadagi öyinini ijobiy baholab, uni qöllab-quvvatlayotganini ta’kidladi.
«Uçta öyinni yaxşi öynadi».
Prezident, şuningdek, Sindarovning keyingi öyinlarini ham kuzatib borayotganini bildirib, unga kuç va muvaffaqiyat tiladi.
«Qarab turibmiz, unga Xudo taolo özi kuç bersin», – dedi Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, avvalroq qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayevaning onasi Liana Tanjariqova ham Sindarovni qöllab-quvvatlab post yozgandi. Tanjariqova Instagram sahifasida Sindarovga bağişlangan video va alohida post e’lon qilib, unga jahon toji uçun kuraşda omad tiladi.