
AQŞda 2027-yilgi Chevrolet Equinox EV elektromobilining barça komplektatsiyalari narxi noyabr oyida $400 ga oşirildi. Bu avtomobilning sönggi ikki oy içida ikkinçi bor qimmatlaşişidir, deya yozmoqda GM Authority naşri.
Narx özgarişi elektromobilning old va töliq uzatmali barça oltita versiyasiga tatbiq etildi. Şu bilan birga, avtomobilni yetkazib beriş uçun undiriladigan $1,8 ming miqdoridagi tölov özgarişsiz qoldi.
Chevrolet Equinox EV qança turadi?

Elektromobilning eng arzon LT 1 komplektatsiyasining old uzatmali versiyasi endilikda $37 195, töliq uzatmali versiyasi esa $42 495 turadi. Ular örtasidagi narx farqi $5,3 mingni taşkil etadi.
LT 2 komplektatsiyasining old uzatmali versiyasi $44 295, töliq uzatmali versiyasi esa $47 595 ga baholanmoqda.
RS komplektatsiyasining old uzatmali versiyasi narxi $46 595 ni taşkil etsa, töliq uzatmali versiyasi $49 895 bilan model qatoridagi eng qimmat elektromobil bölib qolmoqda.
Keltirilgan barça narxlarga avtomobilni yetkazib beriş xarajatlari ham kiritilgan.
Komplektatsiyalar örtasidagi narx farqi

Old uzatmali LT 2 versiyasi bazaviy LT 1 komplektatsiyasidan $7,1 mingga qimmat. RS komplektatsiyasini xarid qiliş uçun esa LT 2 versiyasiga nisbatan qöşimça $2,3 ming tölaş talab etiladi.
LT 2 va RS komplektatsiyalarida töliq uzatmali versiyani tanlaş avtomobil narxini $3,3 mingga oşiradi.
Qayd etilişiça, Chevrolet Equinox EV narxlari oktabr oyida ham oşirilgan edi. Işlab çiqaruvçining noyabr oyidagi navbatdagi narx özgarişi elektromobilning barça versiyalarini birdek qamrab oldi. Narxlarning oşiriliş sabablari oçiqlanmagan.
Avvalroq «Kursiv» Voyah Dream 9 avtomobilining yangi versiyasi çiqqani haqida yozgan edi.