
Ispaniya hukumatida 2030-yilgi futbol böyiça jahon çempionatini Marokaş bilan birgalikda ötkazişga qarşi çiqişlar kuçaymoqda. Ispaniyaning Vox partiyasi yetakçisi Santyago Abaskal ikki mamlakat örtasidagi siyosiy ziddiyatlar sababli turnirga birgalikda mezbonlik qilişga qarşi çiqdi. Bu haqda COPE naşri xabar berdi.
Ayni paytda Ispaniya hukumati jahon çempionati mezbonligidan voz keçiş böyiça rasman qaror qabul qilgani haqida ma’lumot yöq.
Jahon çempionati finali uçun raqobat kuçaymoqda
Ispaniya va Marokaş örtasidagi kelişmovçiliklarning asosiy sabablaridan biri jahon çempionati finalini qayerda ötkaziş masalasi bilan boğliq.
Ispaniya hal qiluvçi uçraşuvni Madridning «Santyago Bernabeu» yoki Barselonaning «Kamp Nou» stadionida ötkaziş tarafdori. Marokaş esa Kasablanka yaqinida qurilayotgan, 115 ming tomoşabinga möljallangan «Hasan II» stadionida final bahsini qabul qilişni istamoqda.
Avvalroq Ispaniyaning muxolifatdagi Xalq partiyasi yetakçisi Alberto Nunes Feyxoo parlament saylovlarida ğalaba qozongan taqdirda, FIFA final mezbonligini Marokaşga topşirsa, Ispaniyaning turnirni taşkil etişdagi iştirokiga qarşi çiqişini bildirgan edi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ham final uçraşuvi Ispaniyada ötkazilişi kerakligini ta’kidlagan.
Marokaş qanday munosabat bildirdi?
Marokaş siyosiy doiralari vakillarining ta’kidlaşiça, Ispaniya va Portugaliya mezbonlikdan voz keçgan taqdirda ham qirollik jahon çempionatini mustaqil ravişda taşkil etiş uçun yetarli imkoniyatlarga ega.
FIFA hozirça final uçraşuvi qaysi mamlakatda ötkazilişini rasman e’lon qilmagan.
JÇ–2030 qaysi mamlakatlarda ötkaziladi?
FIFA 2024-yil dekabrida Ispaniya, Portugaliya va Marokaşni 2030-yilgi jahon çempionatining asosiy mezbonlari sifatida rasman tasdiqlagan.
Şuningdek, futbol böyiça ilk jahon çempionatining 100 yilligi munosabati bilan Argentina, Urugvay va Paragvayda ham bittadan uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq «Kursiv» Infantino JÇ uluşini sotiş rejasidan oldin Kuşnerlar bilan maxfiy uçraşganini yozgan edi.