Kannavaro Özbekistonda yangi iqtidorni kaşf qildi

28-noyabr 2026 08:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kannavaro Özbekistonda yangi iqtidorni kaşf qildi
Foto: Instagram/ @uzbekistanfa

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro 2009-yilda tuğilgan Muhammad Hakimovning futbolçilik salohiyatini yuqori baholadi. Italiyalik mutaxassis La Gazzetta dello Sport naşriga bergan intervyusida jahon çempionatidan söng terma jamoa tarkibi ança yoşargani va ijobiy özgarişlarni kuzatayotganini ta’kidladi.

«Jahon çempionatidan keyin tarkibimiz ança yoşardi va men ijobiy özgarişlarni köryapman. 2009-yilda tuğilgan Muhammad Hakimovni maydonga tuşirdim. U töp bilan işlaşda juda mahoratli», — dedi Kannavaro.

Italiyalik mutaxassis murabbiylar tayyorgarligiga ham alohida e’tibor qaratiş zarurligini qayd etdi.

Kannavaro Özbekistonda faoliyatini davom ettiradimi?

Mutaxassis Özbekiston terma jamoasi bilan tuzgan şartnomasi oktabr oyigaça amal qilişini ma’lum qildi. U 2027-yil dekabrida bölib ötadigan Osiyo kubogi masalasida futbol federatsiyasi bilan muzokara olib borişi kerakligini aytdi.

«Murabbiylarga köproq bilim va könikmalarni singdirişimiz kerak. Şartnomam oktabrgaça amal qiladi, 2027-yil dekabrida esa Osiyo kubogi bölib ötadi. Federatsiya bilan gaplaşib olişim kerak», — dedi Kannavaro.

Kannavaroning murabbiylik faoliyati

Fabio Kannavaro 2025-yil 6-oktabrda Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan edi.

Italiyalik mutaxassis bunga qadar Xitoyning «Guançjou Evergrand» va «Tyanszin Syuanszyan», Saudiya Arabistonining «Al-Nasr», Italiyaning «Benevento» va «Udineze» hamda Xorvatiyaning Zagrebning «Dinamo» klublarini boşqargan. Şuningdek, 2019-yilda Xitoy milliy terma jamoasida ham boş murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

U murabbiy sifatida 2019-yilda «Guançjou Evergrand» bilan Xitoy çempionligini qölga kiritgan. Kannavaro futbolçilik faoliyati davomida 2006-yilda Italiya terma jamoasi safida jahon çempioni bölgan va öşa yili «Oltin töp» mukofotiga sazovor bölgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fabio Kannavaro Abduqodir Husanovning salohiyatini yuqori baholagani haqida yozgan edi. Italiyalik mutaxassis özbekistonlik himoyaçining jismoniy imkoniyatlarini e’tirof etib, uni hali sayqal berilişi kerak bölgan olmosga qiyoslagan.

Shuningdek