Kannavaro Abduqodir Husanov salohiyatiga baho berdi

28-noyabr 2026 08:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kannavaro Abduqodir Husanov salohiyatiga baho berdi
Foto: Instagram/ @abdukodir_khusanov_

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro «Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov salohiyati haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassis futbolçini hali sayqal berilişi kerak bölgan olmosga qiyosladi.

Kannavaro Italiyaning La Gazzetta dello Sport naşriga bergan intervyusida istiqbolli yoş italiyalik himoyaçilar haqidagi savolga javob berar ekan, Özbekiston terma jamoasidagi şogirdini misol qilib keltirdi.

«Bunday futbolçilar bir neçta, ammo ularning ismlarini aytmayman. Sizga Özbekiston terma jamoasida murabbiylik qilayotganim Husanov haqida gapirib beraman. U aql bovar qilmas jismoniy imkoniyatlarga ega, biroq u hali sayqal berilişi kerak bölgan olmos. U doimo soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanadi: ba’zida töpni olib qöyadi, ba’zida esa keçikib, yon hakamni ham yiqitib yuboradi. Bunday holatlar bölib turadi, bu tabiiy. Buning ustida işlaş kerak», — dedi 2006-yilgi «Oltin töp» sohibi.

Husanovning «Mançester Siti»dagi natijalari

Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvaridan buyon Angliyaning «Mançester Siti» klubi safida töp surib kelmoqda. Özbekistonlik himoyaçi Fransiyaning «Lans» klubidan 40 mln yevro evaziga transfer qilingan edi.

Joriy mavsumda Husanov klub miqyosidagi barça musobaqalarda jami 15 ta uçraşuvda maydonga tuşib, ikkita sariq kartoçka olgan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Husanov, Şomurodov va Fayzullayev Osiyoning eng yaxşi futbolçisi sovriniga nomzod bölgani haqida yozgan edi.

Shuningdek