Yangilangan Honda Accord avtomobilining dizayni qanday

28-noyabr 2026 12:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangilangan Honda Accord avtomobilining dizayni qanday
Foto: Honda

Xitoyda yangilangan Honda Accord sedanining dizayni va texnik xususiyatlari ma’lum böldi. Bu haqda Autohome naşri xabar bermoqda.

Honda Accord dizayni qanday özgardi?

E’lon qilingan suratlarda avtomobilning old va orqa qismlari töliq qayta işlanganini köriş mumkin. Sedanning yon tomondan körinişi esa sezilarli darajada özgarmagan.

Avtomobilning uzunligi 4 986 mm, kengligi 1 862 mm, balandligi 1 449 mm, ğildirak bazasi esa 2 830 mm ni taşkil etadi. Sedan 235/40 R19 ölçamdagi şinalar bilan jihozlanadi.

Dvigatel va texnik xususiyatlari

Yangilangan Honda Accord gibrid tizimi tarkibiga 1 993 kub santimetr hajmli, 148 ot kuçiga (109 kVt) ega LFB31 benzin dvigateli hamda litiy-ionli akkumulyator kiradi.

Avtomobil akkumulyatorini taşqi elektr manbaidan quvvatlaş talab etilmaydi. U gibrid tizim orqali harakatlaniş jarayonida quvvatlanadi.

Sedanning maksimal tezligi soatiga 198 kilometrni taşkil etadi. Komplektatsiyasiga qarab avtomobilning oğirligi 1 585 kg dan 1 633 kg gaça, töliq vazni esa 2 100 kg böladi.

Foto: Honda

Honda Accord qanday funksiyalarga ega böladi?

Yangilangan sedan panoramali tom, old va orqa parkovka sensorlari hamda 360 darajali atrofni kuzatiş tizimi bilan jihozlanişi mumkin.

Şuningdek, avtomobilda yöl-transport hodisasi vaqtida transport vositasining holatiga oid ma’lumotlarni qayd etuvçi EDR tizimi ham közda tutilgan. Pulli avtomobil yöllaridan foydalanganlik uçun elektron tölovlarni amalga oşiruvçi qurilmani örnatiş imkoniyati ham mavjud.

Yangilangan Honda Accord’ning narxi va rasmiy savdoga çiqariliş sanasi haqida hozirça ma’lumot berilmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Honda Şimoliy Amerikani Xitoy avtomobillariga qarşi birlaşişga çaqirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek