Chevrolet Tracker va Onix uçun qanday çegirmalar bor

28-noyabr 2026 13:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker va Onix uçun qanday çegirmalar bor
Foto: SI

UzAuto Motors kompaniyasining Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uçun e’lon qilgan çegirma aksiyasi 2026-yil 31-dekabrda yakunlanadi. Hozirda xaridorlar avtomobil qiymatini töliq tölaş şarti bilan Tracker’ni 47 mln sömgaça, Onix’ni esa 25 mln sömgaça çegirma bilan xarid qilişlari mumkin. Bu haqda Autostrada.uz xabar berdi.

Chevrolet Tracker qança turadi?

Eng katta çegirma 2026-yilgi Tracker Redline komplektatsiyasiga taqdim etilmoqda. Uşbu avtomobilni 47 mln sömlik çegirma bilan 235,5 mln sömga xarid qiliş mumkin.

Foto: Chevrolet

Tracker Premier Plus’ning 2026-yilgi modeli 45 mln sömlik çegirma bilan 227,7 mln sömga sotilmoqda. Xuddi şu komplektatsiyaning 2027-yilgi modeli esa 20 mln sömlik çegirma bilan 252,7 mln sömga baholangan.

Komplektatsiya2026-yilgi model2027-yilgi modelChegirmasiz narx
LS Plus198 451 360215 951 360220 951 360
LTZ Plus209 108 480229 108 480244 108 480
Premier Plus227 656 160252 656 160272 656 160
Redline235 474 080260 474 080282 474 080

Onix uçun qanday çegirmalar amal qilmoqda?

Chevrolet Onix avtomobilining 2026-yilgi Premier 2 Plus va Redline komplektatsiyalariga 25 mln sömdan çegirma taqdim etilmoqda.

Foto: Chevrolet

Premier 2 Plus komplektatsiyasini 196,6 mln sömga, Redline versiyasini esa 205,6 mln sömga xarid qiliş mumkin. Mazkur komplektatsiyalarning 2027-yilgi modellariga 15 mln sömdan çegirma belgilangan.

Komplektatsiya2026-yilgi model2027-yilgi modelChegirmasiz narx
3LT MT164,8169,8184,8
LTZ Turbo AT182,4184,9199,9
Premier 2 Plus196,6206,6221,6
Redline205,6215,6230,6

Avtomobillar 2027-yildan qimmatlaşadimi?

Chevrolet Tracker va Onix Özbekistonda bir neça yildan buyon turli çegirmalar bilan sotilmoqda. Amaldagi aksiya yakunlanganidan söng yangi çegirmalar joriy etilmasa, ayrim komplektatsiyalarni xarid qiliş uçun 15 mln sömdan 47 mln sömgaça köproq mablağ talab etilişi mumkin.

Hozirça UzAuto Motors 2027-yil 1-yanvardan boşlab uşbu avtomobillar qanday şartlarda sotilişiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan avtomobil tanlaşda eng köp qilinadigan xatolar haqida yozgan edi.

Shuningdek