
Özbekistonlik şaxmatçi Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic 2026 Masters turnirining 4-turida angliyalik Gaveyn Maroroa Jonsni mağlub etdi. Keskin keçgan partiya 84-yurişda yakunlandi. Bu haqda UzChess xabar berdi.
Uşbu ğalabadan söng Abdusattorov hisobidagi oçkolar sonini 3 taga yetkazib, turnir jadvalida 1–2-örinlarni bölişib turibdi.
Turnir jadvali qanday körinişda?

UzChess ma’lumotiga köra, tört tur natijalariga asosan musobaqada ikki nafar şaxmatçi 3 oçkodan jamğargan. Nodirbek Abdusattorov (reytingi — 2772) bilan bir qatorda AQŞ vakili Levon Aronyan (2719) ham 1–2-örinlarni egallab turibdi.
Keyingi örinlardan 2,5 oçko töplagan ukrainalik Igor Samunenkov (2610) va amerikalik Endi Vudvord (2635) joy olgan. 5–7-örinlarni esa 2 oçkodan jamğargan Gaveyn Maroroa Jons (2630), angliyalik Lyuk Makşeyn (2606) va hindistonlik Nihal Sarin (2720) bölişib turibdi.
Jadvalning quyi qismida ukrainalik Vasiliy Ivançuk (2635) 1,5 oçko bilan 8-örinda, angliyalik Maykl Adams (2597) 1 oçko bilan 9-örinda va Şreyas Royal (2537) 0,5 oçko bilan 10-örinda bormoqda. Turnir yakuniga qadar yana 5 ta tur uçraşuvlari ötkaziladi.
Avvalroq Kursiv Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic turnirida titulini himoya qilişi haqida yozgan edi.