
Farğonaning «Neftçi» klubi 28-noyabr kuni Superliganing 29-turida Samarqandning «Dinamo» jamoasi bilan 2:2 hisobida durang öynab, mavsum yakuniga bir tur qolganida qatorasiga ikkinçi bor mamlakat çempioni böldi.
Uçraşuv qanday keçdi?
Farğonadagi «Istiqlol» stadionida bölgan bahsning birinçi bölimida mehmonlar ikki töp farqi bilan oldinga çiqib oldi. «Dinamo» hujumçisi Amadu Dumbuya 42 va 44-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.

Ikkinçi bölimda «Neftçi» hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi. Jamşid Iskanderov 57-daqiqada va hakam tomonidan qöşib berilgan 90+7-daqiqada belgilangan penaltilarni aniq amalga oşirib, jamoasiga çempionlik oçkosini keltirdi.
Turnir jadvali va tarixiy natijalar

29-turdan söng «Neftçi» 65 oçko jamğarib, eng yaqin ta’qibçilaridan yetib bölmas darajada ilgarilab ketdi. «Dinamo» esa 39 oçko bilan jadvalning 8-poğonasiga kötarildi. Farğona klubi sönggi 30-tur uçraşuvini 2-dekabr kuni safarda «Maş’al»ga qarşi ötkazadi.
Mazkur ğalaba orqali «Neftçi» öz tarixida yettinçi bor Özbekiston çempioni unvoniga sazovor böldi. Klub bungaca 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 va 2025-yillarda ham mamlakat çempionligini qölga kiritgan edi. Bundan taşqari, Islom Ismoilov Özbekiston çempionati tarixida oltin medallarni qölga kiritgan eng yoş baş murabbiy sifatida Mirjalol Qosimovning 16 yillik rekordini yangiladi.

Avvalroq Kursiv «Neftçi» Osiyo Çempionlar ligasi Elit doirasida «Al-Hilol» bilan uçraşuvda ikki gol farqini yöqqa çiqarib, durang qayd etgani haqida yozgan edi.