«O‘zbek bozori uchun o‘ta yuqori narxlar». Rossiyaliklar O’zbekistonda qayerda va qancha pul topishadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ekspertlar orzular, haqiqat hamda madaniyatlararo farqli jihatlar haqida

2022-yilda O‘zbekiston rossiyaliklar relokatsiya uchun mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi. Mamlakat kimlar uchundir boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tishdan oldin vaqtinchalik to‘xtash joyiga,  kimlar uchundir esa qoladigan manzilga aylandi. O‘zbekistondagi mehnat bozori Rossiyadan relokatsiya oqibatida qanday o‘zgarishlarga uchradi, rossiyaliklar mahalliy aholi bilan raqobatlashadimi, ular yangi ish joyida qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar – bu haqida «Kursiv» materialida o‘qing.

Rezyume va mutaxassisliklar

HeadHunter xabar berishicha, 2022 yil 1 avgustdan 31 oktyabrgacha bo‘lgan davrda platformaga Rossiya fuqarolari tomonidan 3615 ta rezyume yuklangan bo‘lib, keyingi uch oy ichida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshdi. Shunday qilib, noyabr oyining boshidan yanvar oyining oxirigacha 9638 nafar rossiyalik ish izlagan. Asosan, ish izlovchilar dasturchi va ishlab chiquvchi, loyiha menedjeri, savdo menedjeri, hisob menejeri va tahlilchi kabi lavozimlarga davogarlik qilishgan deydi HH «Kursiv»iga.

Shunga o‘xshash tendensiya Ancor Staffing jamoasida qayd etildi.

«Biz eng ko‘p rezyumeni IT mutaxassislari, savdo va hisob menejerlari tomonidan qabul qilamiz», – deydi Ancor operatsiyalar menejeri Oksana Tkachenko.

Rossiyalik ish izlovchilari

Oddiy rossiyalik ish izlovchisi qanday? Ko‘pgina hollarda oliy ma’lumotli, 22-55 yoshdagi erkaklar (78%)

Biroq, universitetlarda o‘qishni tamomlamagan potentsial ishchilarning ulushi katta. Umumiy hisobda esa, o‘rta maxsus ma’lumotli va  fan nomzodi darajasiga ega bo‘lganlar eng kamchilikni tashkil etadi.

Manba: HeadHunter

Nomzodlarning katta qismi olti yillik 62%, uch yildan olti yilgacha 15 %, bir yildan uch yilgacha 9% tajribaga ega. Bundan tashqari platformaga ish tajribasi haqida ma’lumot kiritilmagan rezyumelar 14%ni tashkil etadi.

Manba: HeadHunter

Relokantlar va mahalliy ish beruvchilar

Nomzodlarni tanlab olishda ish beruvchilar ekspatlarni tanlashga moyilroq. Chunki ular nafaqat yuqori malakaga, balki o‘zlarini taqdim etish va sotish qobiliyatiga ega.

«O‘z — o‘zini namoyon qilish, biznesni tushunish va undagi rolini anglash ish beruvchilar e’tibor beradigan asosiy ko‘nikmalardir», – deydi Head Hunter va karyera rivoji bo‘yicha mutaxassis Alyona Vladimirskaya.

Oksana Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy kompaniyalarning rossiyalik mutaxassislariga bo‘lgan talabi ishdagi barcha pozitsiyalarning 10-12 foizini tashkil qiladi. Odatda, chet ellik mutaxassislar ishlab chiqarish, marketing va sotish bo‘limi menejerlari lavozimiga ishga yollanadi.

Ish beruvchilar uchun reloktantlar xizmat ko’rsatish mutaxassisligiga yollanishda o‘zbek tilini bilmasliklari tufayli muammoga aylanmoqda. Bundan tashqari, rossiyalik mutaxassislarining vaqtincha va qisqa muddatli  tufayli ishga nisbatan beparvo munosabati ham bunga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, deydi Marina Daliba, HR transformatsiyasi bo’yicha mutaxassis. Ish joyida reloktant ham moslashishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

«Mahalliy xodimlar bir tomondan Rossiya fuqarolariga nisbatan do’stona munosabatda bo’lishadi, boshqa tomondan esa  professional muammolarni hal qilishda turli xil yondashuvlar sabab ular orasida   mojarolar ham kelib chiqadi».

Marina Dalibaning fikricha moslashib ketishda  o‘zbek mental kodini o‘zgartirishga ham yutib chiqishga ham urinish kerak emas, uni shunchaki boricha qabul qilishi  kerak.

Shuni to‘g‘ri tushunish  kerakki, chet ellik xodimni yollash kompaniya uchun qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘ladi. Ishlash uchun ruxsatnoma, uy-joy bilan ta’minlash va xodimning hayotiy faoliyati uchun minimal shart sharoitlarni yaratib berish shular jumlasidandir.

Reloktantlarni ishga yollashda kompaniya xorij ishchi kuchidan foydalanish uchun ruhsatnoma olishi lozim. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shartnoma loyihasi hamda chet el migrantlari bilan ishga jalb qilish shartlari to‘g‘risida dastlabki shartlarni tasdiqlovchi  boshqa ko‘plab hujjatlarni taqdim etishi kerak.

«Ruxsatnoma harajatlari har doim ham ish beruvchining yelkasiga tushmaydi. Ko‘pincha reloktantlar, agar kompaniya o‘z navbatida yuqori ish haqini taklif qilishga tayyor bo’lsa, to‘lovni o‘z zimmalariga oladilar. Noqonuniy ishga yollanishga keladigan bo‘lsak, yirik kompaniyalar norasmiy ish bilan ta’minlashdan qochishadi, chunki bu katta miqdordagi soliq jarimalarini to‘lashga olib keladi», — deydi Alyona Vladimirskaya.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha jami 4225 ta ruxsatnoma berilgan, 290 tasi rad etilgan. Shu bilan birga, 245 ta ruxsatnoma arizalari ko‘rib chiqilmoqda va 98 tasi to‘lovni kutmoqda.

Maosh va raqobat

Relokantlar  Rossiya bozoriga mos keladigan ish haqini kutmoqdalar. HeadHunter ma’lumotlariga ko‘ra, ish izlovchilarning 31 foizi 100-300 ming rubl (16-48 million so‘mdan) miqdorida ish haqini talab qiladi. Rossiyaliklar 12 % 80-100 ming rubl (12,8–16 million so‘m) daromadiga, 16 % 40-60 ming rubldan (6,4–9,6 million so‘mdan) oylik maosh olib ishlashga rozi bo‘ladilar. Nomzodlarning atigi 8 % O‘zbekiston bozorining o‘rtacha oylik ish haqi uchun ishlashga tayyor, bu 15-30 ming rublni (2,4–4,8 million so‘mdan) tashkil etadi.

Manba: HeadHunter

Ish beruvchilar har doim ham mehnat bozoriga kirib kelayotgan mutaxassislar xohlayotgan shartlarga rozi bo‘la olmaydi.

Masalan, korxona har doim ham ish qidiruvchi davogarlik qilayotgan pul miqdorini O’zbekiston uchun juda yuqoriligi tufayli taklif qila olmaydi. Ekspat o‘z navbatida mahalliy ishchilar olayotgan hajmdagi maoshga ishlashni istamaydi.

Alyona Vladimirskaya so‘zlariga ko‘ra mahalliy ish beruvchilar hamda reloktantlar istaklaridagi ziddiyat tufayli ish beruvchilar mahalliy kadrlar foydasiga tanlov qilmoqda, reloktantlar esa frilansga o‘tib ketishmoqda.

«Relokantlar va mahalliy ish izlovchilar o‘rtasida raqobat yo‘q. Ammo har qanday holatda ham dunyo nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda o‘zgarib bormoqda, shuning uchun sog‘lom raqobat  bo‘lishi kerak. Qayishqoq, moslashuvchan, o‘zgarishga chidamli mutaxassislarga esa talab doim oshadi», — deydi Oksana Tkachenko.

Ularning o‘z og‘zidan

Yegor, muhandis

Sentyabr oyi oxirida Toshkentga kelganidan keyin  ish izlay boshladim. Men Head Hunter platformasidan, shuningdek, «Relocation-Rezyume» Telegram guruhidan foydalandim. Agar qaytarilgan javoblar statistikasi haqida gapiradigan bo‘lsak, HH da bir hafta ichida to‘rtta taklif keldi, Telegram guruhlaridan ham shuncha, lekin ikki kun ichida. Menga omad kulib boqdi: intervyulardan so‘ng, ikki hafta o‘tgach, men kompaniyaning Rossiya filialida muhandis bo‘lib ishga joylashdim.

Undan avval esa  menga viloyatdagi zavodda ishlash taklifi tushgan edi. Ish haqi faqat yo‘l harajatlarini qoplagani  va u yerga ko‘chib borish esa  moliyaviy jihatdan oqilona tanlov emasligi uchun rozilik bermadim.

Svyatoslav Kutsenko, IT-Park sinovchisi

Sentyabr oyi oxirida Toshkentga keldim. Ish topish tezda topildi: kompaniyalar menda malakali mutaxassislar bazasi yo‘qligi sababli rossiyaliklarga ish taklif qilishdan mamnun degan his – tuyg‘u uyg‘otdi.

Kompaniyadagi IT mutaxassislari bo‘limi  kichik, shuning uchun xodimlarning rollari Rossiyaga yoki G‘arbga qaraganda ancha noaniq. Ishda  tegishli vazifalarni bajarish kerak.

Men til bilan bog‘liq muammolarga duch kelmadim, aloqa va yozishmalar rus tilida olib boriladi. Kamchiliklari orasida men yuqori ish haqini to‘lashga tayyor emasliklarini va xodimlarning qulayligi haqida qayg‘urmasliklarini ta’kidlashim mumkin. Birinchi muammo G‘arb mahsulotlari ustida ishlaydigan kompaniyadagi mahalliy hamkasblarning ketishiga olib keladi.

Ikkinchi muammo Rossiya yoki Evropa IT bozorida ishlamaganlar uchun notanish. Rossiyada ish kunining moslashuvchan, gibrid yoki masofaviy ish rejimi joriy qilinganligidir. Bu haqida  kompaniyalar alohida to‘xtalib o‘tirmaydi. O‘zbekistonda, menimcha, aksariyat kompaniyalar 5/2 ofisda soat 9:00 dan 18:00 gacha o‘tirishga tayyor bo‘lmagan nomzodlarni ko‘rib chiqmaydi. Ko‘pincha ish beruvchilar ofisda qahva va choy borligi bilan faxrlanadilar (ular ish haqi bilan emas, qulaylik bilan emas, balki qahva, choy bilan!) Bu Rossiya kompaniyalarining sharoitlaridan farq qiladi, u yerda tushlik vaqti uyg‘onishingiz, noutbukni ochishingiz, kun uchun barcha vazifalarni bajarishingiz va o‘zingizning ishlaringiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Chunki kompaniya ofisda o‘tirgan vaqtni emas, balki natijani muhim deb hisoblaydi.

Albatta, o‘ziga xos afzalliklari ham bor. IT vizasini olish shart emas, chunki mamlakatda qolish muddati bo‘yicha cheklovlar yo‘q va jamoaga qo‘shilish va ishlash juda oddiy, chunki madaniy farq unchalik katta emas.

Shuningdek