Xotin-qizlarning magistratura ta’limi kontrakt to’lovi davlat tomonidan qoplab beriladi(mi?)

eʼlon qilindi ( yangilandi)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-87-son Farmoniga muvofiq mamlakatda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt to’lovlarini qaytarish shartisiz davlat budjetidan qoplash tizimi yo’lga qo’yilgan

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun 75,0 mlrd so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, 2022-2023 o’quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan 12 300 nafar xotin-qizlarning o’quv yilining I-yarmi uchun 68,3 mlrd. so’m mablag’ qaytarish shartisiz qoplab berildi, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manbasida.

O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida keltirilgan Farmoniga muvofiq magistratura bosqichiga yanvar oyida qabul qilingan xotin-qizlarning to’lov-kontrakt summalari davlat budjetidan to’liq qoplab beriladi.

Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasining 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun 200,0 mlrd so‘m nazarda tutilgan.

Shuningdek