Bugungi zamonda radiofobiya o‘rinlimi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

«Beeline Uzbekistan» texnik direktori Mahmud Nodirov o‘z fikrlari  bilan o‘rtoqlashadi

2020-yilda butun dunyo boʻylab koronavirus avj olgan davrda, baʼzi mamlakatlarda 5G tarmoqlari tufayli norozilik namoyishlari kelib chiqqan edi. Odamlar noma’lum kasallikdan qo‘rqib, uning tarqalishida texnologiyalar aybdor degan yanglish xulosaga kelishgan. Eng so‘nggi uskunalar, jumladan, tayanch stansiyalari vandalizm harakatlaridan zarar ko‘rgan, kelib chiqishi biologik bo‘lgan virus radiosignal orqali tarqaladi degan noto‘g‘ri fikr butun dunyo bo‘ylab tarafdorlarni jamlagan edi. Garchi har qanday o‘qimishli odam boshidanoq bu taxminning be’manilik va ilmdan yiroqligini aniq bilishi lozim.

Muammo shundaki, ba’zi odamlar mantiq va faktlar bilan emas, balki his-tuyg‘ular bilan ish ko’rishadi. Axir, radiofobiya bu nima? Bu qo‘rquv va xavotirni keltirib chiqaruvchi, ba’zida davolash qiyin bo‘lgan parokandaliklar uyg‘unligidir. Radiofobiya bilan og‘rigan odam elektromagnit nurlanishning har qanday manbalaridan – nafaqat radiosignallardan, balki umuman elektronikadan ham qo‘rqadi. Ko‘rinmas to‘lqinlar ko‘rinadigan tahdidlardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqitadi. Shunday qilib, ba’zi odamlar uyali bazaviy stansiyalar tomonidan tarqatiladigan radiosignalni radioaktiv zarralar bilan chalkashtirib yuborishadi va ular tayanch stansiya yonidan o‘tib, xavfli nurlanishga tushib qoliman, deb hisoblashadi. Aslida, bu fizikaning mutlaqo farqli ikki sohasidir.

Radioaktiv to‘lqinlar – bu ma’lum kimyoviy elementlar tomonidan ma’lum sharoitlarda hosil bo‘lgan alfa va gamma nurlarining qattiq nurlanishidir. Ammo radio to‘lqinlar deyarli barcha elektr jihozlarini – televizorlarni, mikroto‘lqinli pechlarni, hatto fenlarda tarqaladi. Shunga qaramay, biz hech qachon mikroto‘lqinli pechlar, kir yuvish mashinalari yoki fenlarga qarshi noroziliklar guvohi bo‘lmaganmiz. Ammo necha yilki radiofobiya bilan og‘rigan odamlarning butun boshli harakati mobil aloqaning rivojlanishiga hamroh. Har bir yangi standartning paydo bo‘lishi, 3G, 4G yoki 5G bo‘ladimi, hatto Buyuk Britaniya yoki Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham qimmat uskunalarga qarshi norozilik va vandalizm bilan amalga oshgan.

Ammo namoyishchilarning harakatlari hissiyotlardan boshqa narsa emas. Ilm-fan bu borada nima deydi? Uyali aloqa mavjud bo‘lgan davrda shifokorlar ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazishgan. Ular hozir ham amalga oshirilmoqda. Va hozirgacha mobil aloqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri, masalan, saraton paydo bo‘lishi, uyqusizlik yoki qon bosimining noto‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatishini isbotlagan birorta ham fakt yo‘q.

Har bir yangi standartning paydo bo‘lishi, 3G, 4G yoki 5G bo‘ladimi, hatto Buyuk Britaniya yoki Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham qimmat uskunalarga qarshi norozilik va vandalizm bilan amalga oshgan.

Aloqa sohasida har qanday asbob-uskunadan foydalanish qat’iy standartlashtirilgan bo‘lib, ayniqsa, O‘zbekistonda sanitariya talablari ayni Yevropadagiga nisbatan ancha qat’iyroq. Tayanch stansiyani joylashuvi va uning ishlash tartibi (rejimlari) ham reglamentga olingan. Barcha jihozlar SES tomonidan zaruriy ekspertizadan o‘tadi. SES keyinchalik ishlash uchun ruxsatnoma beradi, shundagina biz uskunani ishga tushirishni nazorat qiluvchi va operatorlarning barcha mavjud talablarga rioya qilishini diqqat bilan kuzatib boruvchi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan nazorat apparati (regulyator)ga murojaat qilishimiz mumkin.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi binolar tomidan kamida 2 metr balandlikdagi normallashtirilgan intensivlikdagi nurlanishga ega uyali aloqa antennalarini o‘rnatishga ruxsat beradi. Bizning antennalarimiz ko‘p hollarda ancha balandroq o‘rnatilgan. Biroq, biz vaqti-vaqti bilan binolarda yoki aholi punktlarida tayanch stansiyalarni o‘rnatishga e’tiroz bildirganlarni uchratamiz. Qolaversa, ayni shu fuqarolar uyali aloqa va mobil internetning faol foydalanuvchilari bo‘lib, shikoyatlar elektron tizimlar yordamida topshiriladi, bu biroz mantiqsiz, biroq tez va qulay.

Aloqa sohasida har qanday asbob-uskunadan foydalanish qat’iy standartlashtirilgan bo’lib, ayniqsa, O’zbekistonda sanitariya talablari ayni Yevropadagiga nisbatan ancha qat’iyroq.

Ko‘pgina turnalar va laylaklarning polaponlarini chiqarishda uya qurish uchun aynan bizning uskunalarni tanlashi telekommunikatsiya vositalarining xavfsiz ishlashiga yorqin misol bo‘ldi. Hayvonlar tabiatga har qanday salbiy ta’sirni juda yaxshi bilishadi. Agar qushlar tayanch stansiyalarda uy qursa, radio to‘lqinlarining inson tanasiga salbiy ta’siridan qo‘rqishning ma’nosi yo‘q.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, aloqa uskunalari ishlab chiqaruvchilari boshqa narsalar qatorida ekologiyaga nisbatan global tendensiya va energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishni hisobga olgan holda texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirmoqda. Bu kabi faktlarni e’lon qilish, ehtimol, odamlarni qulay va foydali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilayotgan afsonalarni yengishning eng yaxshi usulidir.

Shuningdek