WP: Meta yangidan ish o’rinlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Kompaniya ierarxiyasi ham optimallashtiriladi

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi minglab xodimlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan yana bir optimallashtirishni rejalashtirmoqda, ma’lum qildi Washington Post (WP).

Nashrning yozishicha, Meta kompaniya ierarxiyasini tartibga solish rejalarini ishlab chiqish uchun advokatlar va moliyaviy ekspertlarni jalb qilish bilan band. Xususan, ular ba’zi menejerlarni lavozimdan tushirishni rejalashtirmoqdalar, boshqalarning qo’l ostidagilar soni esa, aksincha, ko’payadi. Bu choralar ommaviy ishdan bo’shatishga olib kelishi mumkin, deydi WP ekspertlari.

Bundan tashqari, internet giganti xodimlarni an’anaviy ravishda qisqartirishni ko’rib chiqmoqda: bir qator loyihalarni yopish va ayrim lavozimlarni butkul qisqartirish rejalashtirilgan. Bunday choralar kelgusi oylarda butun dunyo bo’ylab Meta bo’linmalarida amalga oshirilishi mumkin.

2022 yilning noyabrida Meta o’z xodimlarining 13 foizini – 11 ming xodimni ishdan bo’shatdi.

Keyin kompaniya bosh direktori Mark Sukerberg investorlarga kompaniyada qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirishga, o’rta bo’g’indagi boshqaruv qatlamini qisqartirishga va’da berdi. Bu kelajakdagi xodimlarni qisqartirishga ishora sifatida qabul qilindi.

Meta – Facebook, Instagram, WhatsApp va Oculusning boshi bo’lgan Amerika xoldingi.

Avvalroq Kursiv Facebook va Instagramda pullik obuna paydo bo’lishi mumkinligini yozgan edi.

Shuningdek