Qozog‘istonda Buxoro-Ural gaz quvurining uchinchi tarmog‘i quriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Loyiha qiymati 40 milliard tengedan oshadi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Buxoro-Ural gaz quvurining uchinchi tarmog‘i qurilishi boshlanadi, dedi Aqto’be akimi Yerali Tugjanov.

– Xom ashyo yetarli, biroq mavjud tarmoqlar mintaqaga kerakli hajmni tashishni ta’minlay olmaydi. Endi ular haddan tashqari yuklangan. Bitta yechim bor – Buxoro-Ural gaz quvurining uchinchi tarmog’ini qurish, dedi Tug‘jonov.

Unga ko‘ra, gaz quvurining ushbu tarmog‘ining uzunligi 162 kilometrni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 43 milliard tengega baholanmoqda.

Buxoro-Ural gaz quvuri Oʻzbekistondan Qozogʻiston orqali Rossiyaga oʻtadi. Quvur Rossiyaning Gazprom kompaniyasi tomonidan nazorat qilinadi va ta’mirlanadi.

Loyiha 1966 yilda boshlangan. Quvurning uzunligi 45 ming km, oʻtkazish quvvati yiliga 8 milliard kub metrni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 2030-yillardan keyin gaz qazib olish qisqarishi haqida yozgan edi.

Shuningdek