Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qarshilik ko’rsatadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Ular «inson qadr-qimmati»ga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga qarshi chiqish niyatida, xabar berdi «TASS».

Tadbirkorning advokatlari Germaniya Federativ Respublikasi (FRG) Federal Konstitutsiyaviy sudiga tegishli da’vo bilan murojaat qilmoqchi. Advokatlar Usmonovning Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilishi «inson qadr-qimmatiga» to‘g‘ri kelmaydi, degan 110 sahifalik xulosa tayyorlagan.

2022-yil fevral oyi oxirida, Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy mojaro boshlanganidan so‘ng, Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Financial Times nashrining yozishicha, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan tadbirkorga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan.

Kursiv xabar berganidek, yanvar oyida Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruvini tark etishga qaror qilgan. Fevral oyida u jurnalistlarga O‘zbekistonga yordam berish uchun biznesni tark etayotganini aytdi.

Bloomberg agentligi Alisher Usmonovning boyligini 19,3 milliard dollarga baholagan.U dunyoning eng boy 500 kishilari ro‘yxatida 82-o‘rinni egallagan.

Shuningdek