Winamp 10 yildan keyin qayta tiklandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

15 apreldan boshlab pleyerning yangi versiyasi barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi

Winamp 2013 yildan beri birinchi marta ilovaning yangi versiyasini ishga tushiradi. U 15 martdan artistlar uchun, 15 apreldan esa barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya egasi Llama Group xabar berdi.

Pleyer striming platformasiga aylanishi kutilmoqda, unda artistlar obuna narxini o‘zlari aniqlay oladilar. Obuna turli narxlarda bir necha darajalarda bo’ladi – barchasi mavjud eksklyuziv kontent miqdoriga bog’liq bo’ladi. Musiqachilar obunadan tushgan daromadning 85 foizini oladi. Shunday qilib, kompaniya 1 million artistni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Yangilanish Android, iOS, Windows va veb-brauzerlarda ishlaydi.

Shuningdek, iyun oyida biz musiqachilar uchun mualliflik huquqini boshqarish, litsenziyalash va NFT bilan bog’liq qo’shimcha funktsiyalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz.

Winamp 1997 yilda Nullsoft tomonidan tashkil etilgan. 2000-yillarning boshlarida eng mashhur va kult pleyerlardan biri edi. Bugungi kunga qadar undan 83 millionga yaqin odam foydalanmoqda. Winamp oxirgi marta 2013 yilda yangilangan.

Avvalroq «Kursiv» YouTube rahbari Syuzan Vodjitski o‘z lavozimini tark etayotganini yozgan edi.

Shuningdek