Mask: Tesla Meksikada byudjetli elektromobillar ishlab chiqarishni boshlaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniya taklif qilayotgan eng arzon model bo‘ladi.

Ilon Mask Teslaning Meksikadagi yangi zavodida byudjetli Tesla modellarini ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi, biroq tafsilotlarni oshkor qilmadi.

Tesla bosh direktorining so’zlariga ko’ra, bu kompaniya tomonidan bugungi kungacha taklif qilingan barcha modellarning eng arzoni bo’ladi. Avvalroq kompaniya qiymati 25 000 dollar va undan yuqori bo‘lgan elektromobil ishlab chiqarish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangi elektr avtomobil zavodi Meksika shimoli-sharqidagi Nuevo-Leon shtatining poytaxti Monterreyda joylashadi. Kompaniya uni yaratish uchun 5 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Zavod yiliga 1 millionga yaqin elektromobil ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Eslatib o’tamiz, endi elektromobillar ishlab chiqaruvchisi akkumulyatorlarni ilgari rejalashtirilganidek Germaniyada emas, balki soliq imtiyozlari tufayli Amerika Qo’shma Shtatlarida (AQSh) ishlab chiqaradi.

Shuningdek