Yangiliklar

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifiga munosabat bildirdi

Rossiya qarshi emas, dedi Sergey Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrifi haqida fikr bildirdi. Uning qayd etishicha, Rossiya hech qachon davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikka qarshi bo‘lmagan, xabar bermoqda Rossiya TIV matbuot xizmati.

«Biz hech qachon birorta davlatning boshqa davlat bilan tashqi aloqalarini rivojlantirishiga qarshi chiqmaganmiz. Biz doimo hech qachon kingadir qarshi kim bilandir do’st tutinmasligimizni ta’kidlab kelganmiz», dedi Lavrov.

Uning soʻzlariga koʻra, hozir nafaqat AQSh, balki Yevropa, xususan, Britaniya ham MDH mamlakatlariga nisbatan faollik koʻrsatmoqda.

«Ular Rossiya Federatsiyasi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan bu davlatlarga qarshi harakatlarini yashirishmayapti. Qanday dalillar ishlatilishini bilamiz. Agar kvintessensiyani aniqlashga harakat qilinsa – «g’olib tomonga o’ting», «Rossiya inqirozga uchraydi», «oldindan qaror qiling» ma’nolarini o’qib olish mumkin. Men mubolag‘a qilganim yo‘q», — dedi tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Blinken Toshkentga 28 fevral kuni kelgan edi. Davlat kotibi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar o‘tkazdi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Ishchi tashrif chogʻida Blinken Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish uchun 25 million dollardan ortiq mablagʻ ajratganini aytdi.