Telegramda energiya tejash rejimi paydo bo’ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Shuningdek, audio va video tezligi tugmasi ham

Telegram messenjeri yangilandi. Servis endilikda energiyani tejash rejimiga o‘tishi mumkin, video va audio tinglash tezligini o‘zgartirish funksiyasi qo‘shildi va boshqa qator yangiliklar paydo bo‘ldi. Hozircha yangilanishlardan Android asosidagi qurilmalarda foydalanish mumkin, dedi ishlab chiquvchilar.

Telegramning energiya tejash rejimi messenjerda animatsiya va vizual effektlarni, shuningdek, fonda chat yangilanishlarini o‘chirib qo‘yish imkonini beradi. Yangilik akkumulyator quvvatini tejash va qurilma ish faoliyatini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan. Funksiyadan sozlamalar menyusi yordamida foydalanish mumkin.

Endi siz istalgan tezlikda videolar, podkastlar, ovozli xabarlar eshitishingiz mumkin. Buning uchun alohida tugma mavjud.

Shuningdek, 100 kishigacha bo’lgan guruhlarda xabarlarni o’qish vaqtini aniqlash, avtomatik ravishda taklifnoma havolalarini yuborish, stikerlarni saralash qoidalarini o’rnatish va botlarni lokalizatsiya qilish mumkin bo’ldi. Yangi animatsion kulgichlar va «reaktsiyalar» qo’shildi.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, yangilanish 400 dan ortiq «ma’lum bo’lgan muammolarni» tuzatadi.

Hozirda yangilanish Android qurilmalari egalari uchun Google App Store va Telegram veb-saytida mavjud. iOS asosidagi gadjetlar versiyasi moderatorlar tomonidan tekshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Telegram Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev suratlari tushirilgan rasmiy stikerlar to‘plamini yaratganini yozgan edi.

Shuningdek