Xitoyning Sian shahri lockdown joriy qilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Gripp tarqalishi sabab

Xitoyning Sian shahri gripp bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli karantin joriy qilmoqchi, yozadi Bloomberg. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik jiddiy avj olgan taqdirda shahar hududlari, alohida maktablar, ko‘ngilochar maskanlar va korxonalarni yopishni rejalashtirmoqda.

Ushbu chora fuqarolar orasida keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo’ldi. Tarmoq foydalanuvchilarining fikriga ko’ra, bu pandemiya davrida iqtisodiyotga zarba bergan va ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqargan Covid Zero siyosatiga qaytishni anglatadi.

Dekabr oyi boshida hukumat ko’pgina cheklovlarni bekor qilganidan beri mamlakatda avjga chiqqan Covid epidemiyasi pasaydi. Biroq, virusga qarshi vositalar yetishmasligi sabab gripp holatlarining ko’payishi natijasida ba’zi maktablar darslarni to’xtatib qo’yishga majbur.

«Kursiv» BMT maʼlumotlariga koʻra, koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlarga qaramay, dunyoda kasallanish va kasalxonaga yotqizish koʻrsatkichlari oshib borayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek