Investitsiyalar

UzAuto Motors aksiyalari IPO narxiga nisbatan 24 foizga arzonlashdi

Bunday pasayish eng yirik chegirmali savdo fonida kuzatildi

«Toshkent» Respublika fond birjasining 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan auksionida UzAuto Motors avtokonserni aksiyalari 55 ming so’mga tushdi. Savdo maydonchasi ma’lumotlariga ko’ra, yopilish narxi IPO narxidan (72,5 ming) 24% past bo’lgan.

Bunday pasayish 20 fevraldagi savdolar boshlanganidan beri qimmatli qog‘ozlarning eng yirik savdosi fonida kuzatildi. Kun davomida jami 13,4 million so‘mlik 240 dona aksiya sotildi. 9 mart kuni bitimlar qayd etilgan eng yuqori narx 63 000 so‘mni tashkil qildi.

10 martdagi birinchi oldi-sotdi bitimlari 9 martdagi yopilish narxidan yuqori bo’ldi. Toshkent vaqti bilan soat 10:33 da 58 799,99 so‘mlik bitim tuzildi.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motorsning bozordagi istiqbollarini ta’riflagan edi, shuningdek, IPO paytida avtomobil ishlab chiqaruvchining qog‘ozlariga talabning pastligi sabablari haqida ekspertlar bilan suhbat o‘tkazdi. Joylashtirish hisobiga zavod 5 million dollar yig‘di.Institutsional investorlar sotilgan umumiy aksiyalarning 80 foizini, jismoniy shaxslar 20 foizini (taxminan 1 million dollar) sotib oldilar. Ushbu IPO O’zbekiston tarixidagi eng yirik IPO bo’ldi.