Yevropa Ittifoqi energiya sarfini deyarli 12 foizga qisqartirmoqchi

eʼlon qilindi

2030 yilgacha

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 2030 yilga borib energiya isteʼmolini 11,7 foizga kamaytirishni mo’ljallashmoqda. Qaror Yevroparlament va YeI kengashi o‘rtasidagi muhokamadan so‘ng qabul qilindi.

Bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishi, shuningdek, Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi energetika resurslaridan foydalanishni cheklashi kutilmoqda.

Hujjatga ko’ra, YeIda yakuniy energiya iste’moli neft ekvivalentida energiya tashuvchilarning 763 million tonnasidan oshmasligi kerak.

Har bir davlat energiya iste’molini kamaytirish bo’yicha o’z dasturini ishlab chiqadi, keyin esa Yevropa Komissiyasi tomonidan baholanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun 2024 yildan 2030 yilgacha YeI davlatlari energiya sarfini har yili 1,49 foizga kamaytirishi kerak.

Shuningdek