Terakt  sodir etgan Soipov AQShda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi

U shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega emas

2017-yilda Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, xabar berdi Nyu-York janubiy okrugi prokurori.

Shu yilning 26 yanvar kuni hakamlik sudi a’zolari Soipovni 28 ta modda bo‘yicha aybdor deb topdi, biroq o‘lim jazosi bo‘yicha bir qarorga kela olishmagandi.

«Hakamlar hay’ati Soipovga o’lim jazosini berishdan bosh tortdi va shunga ko’ra, sudlanuvchi shartli ravishda ozod qilish imkoniyatisiz majburiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi», – deya izoh berdi AQSh prokurori Damian Uilyams.

Sayfullo Soipov 1988-yilda Toshkentda tug‘ilgan, 2010-yilda Green Card viza lotereyasi bo‘yicha AQShga jo‘nab ketgan. Ko’chib o’tishdan oldin u jinoiy faoliyatda bo’lmagan.

2017 yil oktabr oyi oxirida u o‘zining pikap mashinasini Manxetten markazidagi velosiped yo‘lida odamlar ustiga haydadi. Hujum 2001-yil 11-sentabr qurbonlari xotirasi yodgorligi yonida sodir etilgan. Sakkiz kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohatlandi.

Soipovning soʻzlariga koʻra, u hujumni «Islom davlati» terrorchilik guruhi mafkurasi taʼsirida sodir etgan.

Eslatib o’tamiz, o’shanda Nyu-Yorkda sodir bo’lgan voqea uchun Islom davlati javobgarlikni o’z zimmasiga olgan.

Shuningdek