Xitoy xorijliklarga viza berishni tiklaydi

eʼlon qilindi

Shuningdek, COVID cheklovlari boshlanishidan oldin berilgan vizalardan foydalanish mumkin bo’ladi

15 martdan boshlab Xitoy chet el fuqarolariga barcha turdagi vizalar berishni tiklaydi, yozadi «Kommersant» ushbu davlat tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasiga tayanib.

Bundan tashqari, Xitoy chet el fuqarolariga mamlakatga kirish uchun COVID-19 cheklovlari boshlanishidan oldin berilgan vizalardan foydalanishga ruxsat beradi. Shanxayga kruiz kemalarida, shuningdek, Gonkong, Makao va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi mamlakatlari fuqarolarining ayrim toifalari uchun vizasiz sayohat qilish imkoniyati tiklanmoqda.

Xitoy 2019-yilda 65,7 million xorijiy sayyohni qabul qildi.

Xitoy COVID-19 pandemiyasining eng og’ir yukini o’z zimmasiga olgan birinchi davlat bo’ldi. Virus epidemiyasi birinchi marta 2019 yil dekabr oyida Uxan shahrida qayd etilgan. 2020 yilda mamlakat deyarli tashqi dunyodan izolyatsiya qilingandi. Ba’zi cheklovlar amal qilishda davom etmoqda, ammo ularning ko’plari allaqachon olib tashlangan.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy 15 martdan boshlab O‘zbekiston va yana 24 davlatga guruhli turlar tashkil qilishni eksperimental tarzda tiklayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek