Yangiliklar

Credit Suisse Shveytsariya markaziy bankidan 54 milliard dollargacha qarz oladi

Mablag’lar likvidlikni mustahkamlashga yordam beradi

Aksiyalari 30 foizga tushib ketgan Shveytsariyaning Credit Suisse banki o‘z mamlakati markaziy bankidan qarz oladi, xabar berdi BBC.

Qarz miqdori 50 milliard frankgacha (54 milliard dollar) baholanmoqda. Ushbu mablag’lar Credit Suisse kompaniyasiga likvidlikni mustahkamlash uchun kerak.

«Mening jamoam va men oddiyroq va mijozlarga yo’naltirilgan bank yaratish uchun oldinga borishga qat’iy qaror qildik», dedi Credit Suisse bosh direktori Ulrix Kerner.

15-martdagi savdo kunida Credit Suisse aksiyalari narxi 1,56 frankga (1,7 dollar) tushib ketdi. Bu 14 mart kungi savdolar yakuniga nisbatan 30,3 foizga kam.Pastlanishga sabab Saudiya Arabistoni Milliy banki vakili bo‘lgan Credit Suisse’ning eng yirik aksiyadori Shveytsariya bankiga sarmoya kiritish va ulushini oshirishdan bosh tortgani bo‘ldi.

Kursiv yozganidek, Credit Suisse mijozlari orasida o‘zbekistonliklar ham bor edi. Ular orasida rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning singlisi Saodat Nurzieva ham bor edi. Ro‘yxatda O‘zbekiston Respublikasi tennis federatsiyasining sobiq rahbari Igor Shepelev ham bor.

Credit Suisse so’nggi haftalarda katta muammolarga duch kelgan uchinchi bank bo’ldi. Avvalroq Amerika Qo’shma Shtatlarida Silicon Valley Bank va Signature Bank bankrot bo’lgan edi.