Elektr va gaz o‘g‘irlangani haqida telegram boti orqali xabar berish mumkin

eʼlon qilindi

Botga Bosh prokuratura moderatorlik qiladi

Bosh prokuratura @EnergonazoratBot telegram-botini ishga tushirdi, u orqali gaz yoki elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish yuzasidan shikoyat qilish mumkin.

Tashkilot o‘zbekistonliklarni energiya resurslari sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Avvalroq Oliy Majlis Senati Energetika resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.

Hujjatning yangi tahririda elektr, issiqlik, gaz yoki suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, ularni ataylab buzish yoki hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘irlik bilan tenglashtiriladi. Endi bu kabi ishlar bilan prokuratura shug‘ullanadi.

Shuningdek