Qirg‘iziston parlamenti – Joqorg’u Kenesh mamlakat hokimiyati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi Chuy viloyatida avtomobil zavodi tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi.
Oʻzbekiston tomonidan loyihani amalga oshirish uchun masʼul «Oʻzavtosanoat» AK, Qirgʻiziston nomidan «DT Technik» MChJ va «Nur» OAJ ishtirok etadi.
Zavod uch bosqichda quriladi. Birinchi bosqichda yiliga o’n mingtagacha avtomobil ishlab chiqaradigan SKD yig’ish yo’lga qo’yiladi. To‘rt-besh yildan so‘ng avtokomponentlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, yillik ishlab chiqarish 20 ming dona avtomobilga yetkaziladi. Oltinchi yilda kichik hajmdagi avtomobillarni yig’ish tashkil etiladi. Bu vaqtga kelib yiliga 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil yanvar oyida O‘zbekistonga avtomobillar importi yillik hisobda 27,8 foizga kamaydi. Jami 58,3 million dollarga 2,1 ming dona avtomobil olib kirildi.