Yevropa Markaziy banki asosiy stavkani yana oshirdi

eʼlon qilindi

0,5% ga

Yevropa Markaziy banki (ECB) uchta asosiy stavkaning 50 ta bazaviy punktga oshirilishini e’lon qildi, yozadi «Kommersant».

22 martdan boshlab asosiy qayta moliyalash operatsiyalari, marjali kreditlash liniyasi va depozit liniyasi bo‘yicha foiz stavkalari mos ravishda 3,5%, 3,75% va 3% gacha oshiriladi.

Regulyator, agar kerak bo’lsa, ularni oshirishga tayyorligini e’lon qildi. Joriy yilda YeMB yevrohududdagi narxlar 5,3 foizga, 2024 yilda 2,9 foizga, 2025 yilda 2,1 foizga oshishini kutmoqda. Biroq, prognozlar Amerika Silikon vodiysi banki, Signature Bank bankrotligi va Shveytsariya Credit Suisse muammolaridan oldinroq qilingan.

Yevropa regulyatoriga ko’ra, bu omillar inflyatsiya va iqtisodiy o’sishning asosiy baholariga nisbatan qo’shimcha noaniqlikni keltirib chiqaradi.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning fevral oyida YeMB asosiy foiz stavkalarini 0,5 foizga oshirgan edi.

Shuningdek