Tashkilotning qaroriga bank inqirozi ta’sir ko’rsatmadi
Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) Federal zaxira tizimi (FZX) to’qqizinchi marta bazaviy stavkani oshirdi. Hozirda bu stavka yiliga 4,75-5% darajasida, bu 2007 yildan beri maksimal ko’rsatkichdir, deyiladi tashkilot saytida.
O’sish 0,25 foiz punktni tashkil etdi. O’tgan yili Fed bazaviy stavka hajmini katta sur’atda oshirdi.
Avvalroq ekspertlar AQShdagi bank inqirozi Fedning bazaviy stavkani oshirish qarorini keyinga qoldirishini kutishgan edi, biroq bu amalga oshmadi. Xabarda Amerika moliya tizimi «ishonchli va barqaror» deb baholanadi.
Mart oyida AQShda ikkita bank bankrot bo’ldi. Texnologiya kompaniyalari orasida mashhur bo’lgan Silicon Valley Bank birinchi bo’lib yopildi. Uning izidan Signature Bank faoliyatni to’xtatdi. Vaziyatga bir qancha omillar, jumladan, Fed stavkasini oshirishga yordam berdi.