Oʻzbekistonning oʻnta banki Forbes roʻyxatiga kirdi

eʼlon qilindi

Reytingda Qozog‘iston moliya tashkilotlari peshqadam

Rossiyaning Forbes nashri «Qo‘shni davlatlar 50 ta ishonchli bank» ro‘yxatini tuzdi. Uning tarkibiga O‘zbekistonning o‘nta moliya instituti kirdi.

Gap «Asaka» bank, «Ipoteka-bank» ATB, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki, «Qishloq qurilish bank», O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, «Agrobank», «O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki» aksiyadorlik tijorat banki, Mikrokreditbank, HamkorBank, ATB «Kapitalbank» haqida bormoqda..

Reytingning dastlabki uch o‘rnini Qozog‘iston banklari egalladi: Citibank Kazakhstan, Otbasi Bank va Qozog‘iston Xalq banki.

Forbes xalqaro reyting agentliklari bahosi asosida banklar reytingini tuzdi. Aktivlar hajmi ham hisobga olindi.

Shuningdek